Google hamda Apple monopoliyasiga Huawei qattiq zarba berdi!

  •   DiMaX
  •  1859
  •  15.07.2020 12:37

Google hamda Apple monopoliyasiga Huawei qattiq zarba berdi!

Telegram messenjeri asoschisi kuni kechagina kupertinolik korporatsiyaga hamda qidiruv gigantiga jiddiy ayblov qo‘ygan edi. Pavel Durov o‘sha chiqishida ularning gegemonligiga chek qo‘yish yo‘lini ham ko‘rsatgan.

O‘QING: iPhone SE 2’ning haqiqiy «kushanda»sini Google taqdimotdan avval do‘koniga chiqarib qo‘ydi

Huawei esa bu ikki gigantning mobil ilovalar bozoridagi monopoliyasiga qarshi kurashning o‘ziga xos yo‘lini topdi. Xitoylik texnogigant o‘zining AppGallery ilovalar do‘koniga mustaqil dasturchilarni ko‘proq jalb etish uchun jarangdor bayonot bilan chiqdi.

Unga ko‘ra, dasturchilar o‘z ilovalarini AppGallery katalogiga joylagach, birinchi yili ulardan tushadigan daromadni yuz foiz oladilar. AppGallery do‘koniga joylanganining ikkinchi yildan boshlab ta’limiy ilovalar yaratuvchilari daromadning 90 foizini, boshqa turlardagi ilovalar ijodkorlari esa 85 foizini o‘zlari oladilar. O‘yinlar yasovchilar esa birinchi va ikkinchi yili foydaning 85 foiziga ega bo‘ldilar.

Eslatib o‘tamiz, Apple hamda Google o‘zlarining AppStore va Google Play ilovalar do‘konlari orqali dasturchilar ko‘rayotgan daromadning 30 foizini boshidanoq komissiya haqi tarzida olib qoladilar.

Huawei’ning ta’kidlashicha, shu yo‘l bilan u startaplarni hamda indi-o‘yinlar ishlab chiquvchilarini qo‘llab-quvvatlashni hamda axborot texnologiyalari bozorini jonlantirishni ko‘zlagan.

O‘QING: Ushbu ilovalar smartfoningizda bo‘lsa, tezda o‘chirib qutuling!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!