Google hamyonbop bo‘lgan Pixel 5a smartfonini taqdim etdi.

Google hamyonbop bo‘lgan Pixel 5a smartfonini taqdim etdi.

Google kompaniyasi kecha o‘zining Pixel 5a smartfonini taqdim etdi. Pixel 5a o‘tgan yilgi Pixel 4a smartfoniga texnik hamda dizayn jihatidan juda o‘xshaydi.

O‘QING: Google Pixel 6 va Pixel 6 Pro smartfonlari qutisida quvvatlagich bo‘lmaydi

Yangi Pixel 5a biroz kattaroq bo‘lgan 6.34 dyuymli OLED displeyiga ega bo‘lib, uning rezolyutsiyasi 2400x1080 pikselni tashkil qiladi. Ekran yangilanish chastotasi esa hali ham 60Hz bilan cheklangan.

Smartfonning ichki texnik ko‘rsatkichlari ham o‘zgarmagan. Qurilma Snapdragon 765G chipi, 6GB tezkor hamda 128GB doimiy xotiraga ega.

Kamera texnik ko‘rsatkichlari ham Pixel 4a smartfoni bilan bir xil. 12MP asosiy kamera, 16MP ultrakeng, 8MP selfi kamera. Pixel 5a smartfonidan negadir lazerli sensor olib tashlangan.

Pixel 4a bilan Pixel 5a o‘rtasidagi eng katta farq - bu ularning akkumulyator sig‘imidadir. Pixel 4a 3,885 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lsa, yangi Pixel 5a smartfonining akkumulyator sig‘imi 4680 mAs ni tashkil qiladi.

Smartfonda simsiz quvvatlash imkoniyati mavjud emas. Shuningdek, Pixel 5a 18 vattda quvvat oladi.

Smartfonga oldindan buyurtma berish AQSh hamda Yaponiyada boshlangan. Uning narxi esa 449 dollarni tashkil qiladi. 26 avgustdan esa smartfon do‘kon rastalarida sotila boshlaydi.
O‘QING: Google Pixel 4a bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!