Google Huawei nova 5T ekrani 5.5" bo‘lishini ochiqladi

Google Huawei nova 5T ekrani 5.5

Huawei nova 5T smartfoni Google'ning telefon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar katalogida paydo bo‘ldi. U yerdan ko‘rish mumkinki, qurilma ilgari taxmin qilinganidek, Honor 20'ning ribrend qilingan talqini emas. nova 5T'ning ekrani kichikroq, xotira sig‘imi esa kattaroq bo‘ladi.

Katalogda smartfon ekrani 5,5" qilib ko‘rsatilgan. Taqqoslash uchun, Honor'niki 6,26 dyuym edi. Tirqish kamera ham olib tashlanmagan, barmoq izi skaneri esa yon tomonda joylashtirilgan (ovoz tugmachasi yonidagi joyning kesilganidan ma’lum).

Keyingi jihat xotira sig‘imi. nova 5T'ning operativ xotirasi 8 GB, doimiy xotirasi esa versiyasiga qarab, 128 yoki 256 GB bo‘ladi. Honor 20'ning esa faqat 6GB/128GB lik talqini bo‘lgan.

Afsuski, Google hozircha mana shu ma’lumotni taqdim qilgan, xolos. Orqa kamera haqida hech nima deyilmagan, orqa panel rasmi ham ko‘rsatilmagan. Ekranda 13-avgust sanasi ko‘rsatilgan, biroq bu sana o‘tib bo‘ldi. Demak, smartfon bu sanada taqdim qilinishi rejalshtirilmagan edi. 

O‘QING: Samsung'ning Note 10'ini unuting. Mana, sotib olishga arziydigan smartfon!