Google ikki yil davomida Android’ni yangilamagan ishlab chiqaruvchilarni jazolaydi

  •   Saroy
  •  526
  •  27.10.2018 17:06

Google ikki yil davomida Android’ni  yangilamagan ishlab chiqaruvchilarni jazolaydi

Har oy Google xavfsizlik jamoasi Android uchun yangilanish e’lon qiladi va har oyda ishlab chiqaruvchilar va operatorlar ham uni katta yoki kichik darajada o‘zlarining qurilmasida chiqarishga harakat qilib keladi.

Bu murakkab va eski muammo. Yaqinda The Verge nashri jurnalistlarining qo‘llariga maxfiy shartnoma kelib tushdi. Unda ko‘plab ishlab chiqaruvchilarga smartfonlarida yangilanishni faol holatda tutib turish ta’kidlangan.

O‘QING: Shilqimlik qilgani uchun 48 nafar Google xodimi ishdan haydaldi

Android bazasida smartfon va planshetlarni kamida ikki yilda bir marta yangilab turishlari Google bilan tuzilgan shartnomada qat’iy qilib belgilangan. Shartnomaga ko‘ra, ishlab chiqaruvchi smartfon ishlab chiqargan paytdan boshlab bir yil davomida xavfsizlik bo‘yicha kamida to‘rtta yangilanishni chiqarishi shart. Ikkinchi yili ham yangilanish majburiy, ammo uning miqdori shartnomada ko‘rsatilmagan.

Ushbu shart 2018 yil 31 yanvardan keyin chiqarilgan istalgan qurilmaga tegishlidir.  31 iyuldan boshlab, ushbu talablar ishlab chiqaruvchi chiqarayotgan modellarning 75 foiziga muvofiq  kelishi kerak,  2019 yil 31 yanvardan boshlab esa bu qoida shartnoma shartlariga kiradigan barcha qurilmalar uchun ko‘zda tutiladi.

Ushbu o‘zgarishlarning barchasi Yevroittifoq hududida chiqayotgan smartfonlarga tegishlidir.

O‘QING: 40 dollargacha qilib belgilandi: Android-smartfonlar uchun Google ilovalar paketi narxi