Google Imagen bilan xayolotni reallikka ko'chiramiz

Google Imagen bilan xayolotni reallikka ko'chiramiz

Bugungi kunda sun'iy intellekt olamida matnlarni suratlarga aylantirib beradigan neyrotarmoqlar ommalashib ketdi. Ushbu dasturlarga o'zingiz yoqtirgan istalgan matnni yuborsangiz, ular sizning tavsifingizga mos keladigan juda aniq rasmlarni yaratib bera olishadi va bunda yagona chegara sizning tasavvuringiz bo'lishi mumkin.

Hozirgacha OpenAI tomonidan yaratilgan DALL-E dasturi bu sohada yetakchilik qilib kelayotgan edi, lekin kecha Google taqdim qilgan Imagen platformasi esa uni "taxtdan tushirib yubordi". Agar Google Imagen'ning kuchiga shubha qilsangiz, u yaratgan suratlarga boqing:

Qizil fransuz qirollik libosini kiygan yenot malikasining moyli surati. Rasm devor qog'ozi bilan bezatilgan hashamatli devorga osilgan.
Robot er xotin Eyfel minorasi fonida ovqatlanishmoqda.
Roketa minib olgan miya Oyga qarab uchmoqda.
Bambukdan yasalgan Android maskoti

Suratlar, ularning ostiga yozilgan matnlarga asoslangan holda yaratilgan bo'lib, foydalanuvchidan talab qilinadigan narsa faqat mana shu. Siz ko'rmoqchi bo'lgan narsangizni yozasiz va dastur uni yaratib beradi. Juda ham ajoyib to'g'rimi?

Afsuski, DALL-E singari Imagen ham boshqalar foydalanishi uchun mavjud emas. Google uni bir qancha sabablarga ko'ra omma foydalanishiga hozircha mos deb hisoblamaydi.

O'QING: Haqiqiy yoki render? Bir qarashda ko'z ilg'amaydi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.