Google ishchilar sonini kamaytirmoqchi

Google ishchilar sonini kamaytirmoqchi

Amazon, Microsoft va Meta kompaniyalari xodimlar sonini keskin kamaytirganidan so‘ng, Google ham o‘z hodimlarini 6% ga qisqartirishini ma’lum qildi. Bu taxminan 12,000 ta xodimni ishdan ketishini anglatadi. 

Taqqoslash uchun, Amazon o‘zining 18,000 (6%) ishchisi bilan xayrlashgan. Microsoft va Meta kompaniyalari esa mos ravishda 10,000 (5%) hamda 11,000 (13%) ish o‘rnini qisqartirgan. Texnologiya sohasidagi kompaniyalar ish o‘rinlarini qisqartirish orqali iqtisodiy inqirozning salbiy ta’sirlarni yumshatmoqchi. Shuningdek, bu bilan kompaniya o‘z xarajatlarini qisqartiradi.  

Google rahbari Sundar Pichai o‘z bayonotida qolgan xodimlar endi o‘z ishlariga yanada talabchanlik bilan yondashishlarini aytib o‘tdi. Kompaniya rahbarlarining aytishicha, boshqa kompaniyalar bilan raqobatlashish maqsadida Google sun’iy intellekt xizmatlarini rivojlantirish uchun katta sa’y-harakatlar olib bormoqda. 

Ushbu yilga kelib Google'ning daromadi 69 milliard dollarga yetdi, ammo foyda 13.9 milliardga kamayib ketdi. Xalqaro iqtisodiyot 2023 yilda bir qancha muammolarga duch kelishi kutilmoqda. Google vaziyat yomonlashib ketmasdan oldin o‘z harakatlarini boshlab yuborgan. 

O‘QING: Wikipedia'ning asosiy veb-sahifasi so‘nggi 10 yilda ilk marta yangilandi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!