Google jarimaga tortildi

Google jarimaga tortildi

Google Hindistonda raqobatga qarshi amaliyot uchun 113 million dollar jarimaga tortildi. Hindiston Raqobat Komissiyasi (CCI) ta’kidlashicha, AQSh kompaniyasi o‘zining ustun mavqeidan foydalangan holda dasturchilarni uchinchi tomon kompaniyalarning to‘lov tizimi o‘rniga o‘zining to‘lov tizimidan foydalanishga majbur qilgan.

Google vakilining aytishicha, kompaniya qarorni ko‘rib chiqmoqda, chunki qaror ustidan Hindiston sudiga appilatsiya berish mumkin.

Kompaniya, shuningdek, uch oy ichida 8 ta o‘zgartirishlarni amalga oshirish kerak. Bu dasturchilarni har qanday uchinchi tomon to‘lov servislardan foydalanishini cheklamaslik hamda ilova ichidagi to‘lovalrni cheklamaslikni o‘z ichiga oladi. 

Google'ning to‘lov bozorida qanday ish olib borayotganini tekshirish 2020 yilda monopoliyaga qarshi ish yuzasidan boshlanib ketgan. Shikoyatchining vakili bo‘lgan advokatlik firmasiga ko‘ra, buyurtma raqobatga yordam beradi hamda dasturchilar uchun xarajatlarni kamaytiradi.

Bir hafta ichida Google Hindistonda ikkinchi marta jarimaga tortildi. O‘tgan hafta davomida kompaniya raqobatga qarshi amaliyotlar, jumladan Chrome va YouTube'ni Android bilan birlashtirish, shuningdek, foydalanuvchilarga Google Xarita va Gmail kabi oldindan o‘rnatilgan ilovalarni o‘chirishni cheklash uchun 162 million dollar (13,38 milliard rupiy) to‘lashga majbur bo‘ldi.

O‘QING: Bu safar rasman: Apple o‘zining iPhone'larini USB-C bilan chiqarishini tasdiqladi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!