Google kompaniyasi Android tizimli ilk smart-ko‘zoynak taqdim etdi (+video)

  •   DiMaX
  •  1578
  •  21.05.2019 09:49

Google kompaniyasi Android tizimli ilk smart-ko‘zoynak taqdim etdi (+video)

Qidiruv giganti o‘zining Google Glass «aqlli» ko‘zoynaklarining yangi avlodini rasman namoyish qildi. Glass Enterprise Edition 2 modeli tashqi ko‘rinishiga ko‘ra avvalgilaridan farq qilmaydi, ammo apparat va dasturiy ta’minoti butkul yangilangan.

O‘QING: Facebook: «Smartfonlar davri tugadi, «aqlli» ko‘zoynakka o‘tamiz!»

Avvalo, Google o‘z smart-ko‘zoynagini Android tizimiga o‘tkazgan, endi uning uchun ilovalar yaratish osonroq. Qolaversa, Glass Enterprise Edition 2 apparat ta’minoti asosini Snapdragon XR1 chipi tashkil etadi. Qualcomm ushbu ishlanmasini kengaytirilgan reallik (Extended Reality – XR) uchun ixtisoslashtirilgan dunyodagi ilk platforma sifatida ilgari surmoqda. Mazkur platforma yuksak samaradorlikni (ayniqsa, sun’iy ong faoliyatida) hamda avtonomlik oshishini ta’minlaydi.

Shuningdek, Google yangi smart-ko‘zoynakda oqimli video suratga olish sifati ham yaxshilanganini aytmoqda. Glass Enterprise Edition 2 quvvatlash uchun endi USB Type-C portiga ega. Smith Optics kompaniyasi bilan hamkorlik evaziga unda himoya gardishi ham mavjud.

Quyida mazkur smart-ko‘zoynak haqidagi rasmiy videorolikni ko‘ramiz:

Google yangi mahsulotini faqat korporativ mijozlariga, naq 999 AQSh dollari evaziga taklif etmoqda. Oddiy foydalanuvchilarga Glass Enterprise Edition 2 sotilmaydi, balki keyinroq Google bu borada fikrini o‘zgartirar.

O‘QING: Xitoyliklar smart-ko‘zoynaklarni ommaviy ishlab chiqarishga o‘tishyapti

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!