Google kompaniyasi Chrome brauzeridan va reklama biznesining bir qismidan ajralishi mumkin

  •   DiMaX
  •  721
  •  13.10.2020 17:45

Google kompaniyasi Chrome brauzeridan va reklama biznesining bir qismidan ajralishi mumkin

Dunyodagi eng yetakchi brauzer Chrome dasturi hisoblanadi – internetga barcha tashriflarning 70 foizi unga to‘g‘ri keladi. The Bell xabariga ko‘ra, mazkur ilova Google korporatsiyasidan ajratilib, sotuvga qo‘yilishi mumkin, deb yozmoqda Sof.uz nashri.

O‘QING: iPhone va Android-smartfonlar uchun eng zo‘r brauzerlar («Roskachestvo» reytingi)

Politico ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh Adliya vazirligi va prokuraturasi Google’ga qarshi antimonopol tekshiruvi o‘tkazmoqda. Uning natijasi esa Chrome brauzerining, eng asosiysi esa kompaniya reklama biznesi bir qismining ham sotilishi bilan tugashi mumkin. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, bo‘linish Qo‘shma Shtatlarda o‘n yilliklar ichida birinchi bo‘lib sodir bo‘ladi.

«Google’ning 160 milliard dollardan ziyod global raqamli reklama bozori ustidan nazoratini qanday qilib kuchsizlantirish kerakligi muhokama qilinmoqda va yakuniy qarorlar yo‘q, – deb yozadi manba. – Ammo prokuratura bu masalani reklama bo‘yicha mutaxassislar, raqobatchilar va ommaviy axborot vositalari bilan muhokama qildi».

Monopoliyaga qarshi idoralarning maqsadi 2007 yilda Google tomonidan sotib olingan DoubleClick reklama xizmatini ajratishi mumkinligi ham istisno qilinmayapti.

Oktyabr oyining oxiriga kelib, Adliya vazirligi Google’ga qarshi qidiruv natijalari ustidan nazorat, shu jumladan Android mobil operatsion tizimida Chrome’ni targ‘ib qilish bilan bog‘liq monopoliyaga qarshi sudga murojaat qilishi kerak.

O‘QING: Google.ru sirlari

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!