Google kompaniyasi Mi Band 6’ning «kushanda»sini chiqaryapti

  •   DiMaX
  •  455
  •  19.04.2021 10:49

Google kompaniyasi Mi Band 6’ning «kushanda»sini chiqaryapti

Taqiluvchi gadjetlar bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Fitbit kompaniyasini yaqinda Google sotib olgan edi. U taqdimotga tayyorlayotgan Fitbit Luxe smart-brasletining suratlari va ayrim xususiyatlarini insayder Roland Kvandt (Roland Quandt) e’lon qildi.

O‘QING: Fitbit Versa Lite – to‘laqonli operatsion tizimga ega eng arzon «aqlli» soat namoyish qilindi

Boshqa fitnes-bilaguzuklardan farqli ravishda, Fitbit Luxe modeli premial tashqi ko‘rinishga ega. Gadjet metall korpusda bo‘lib, uch xil (Black, Soft Gold, Platinum) rangli variantda taklif etiladi.

Fitbit Luxe smart-trekeri sensorli OLED-displeyga ega, uning xususiyatlari esa Fitbit Ace 3 modelinikiga o‘xshash. Ya’ni, yangi aqlli bilaguzuk 8 kungacha avtonomlikka, GPS-modulga, yurak urishi datchigi, uyquni va jismoniy mashqlarni kuzatish funksiyasiga ega.

O‘QING: Rangdor ekranli, tag‘in arzon Redmi Band chiqdi: bu sizga Mi Band emas!

Eslatib o‘tamiz, aqlli brasletlar bozorida to‘rt yildan beri Xiaomi kompaniyasi yetakchi bo‘lib kelmoqda. Uning so‘nggi avlod – Xiaomi Mi Band 6 fitnes-trekeri global bozorga Xiaomi Mi Smart Band 6 nomi ostida, 45 yevrolik narx bilan chiqqan. Fitbit Luxe esa yaqin kunlar ichida namoyish etilib, taxminan 80 dollardan savdoga chiqarilishi aytilmoqda.

Garchi «Xitoycha Apple» mahsulotidan qimmat bo‘lsa-da, Fitbit Luxe o‘z funksiyalari, korpus materiali va boshqa jihatlariga ko‘ra ham ancha ustun.

O‘QING: O‘gay otaning qotilligini aniqlashda Fitbit smart-bilaguzugi yordam berdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!