Google mahsulotlarining haqiqiy qabristoni ochildi – qabrtoshlari ham bor!

  •   DiMaX
  •  1289
  •  05.10.2019 15:46

Google mahsulotlarining haqiqiy qabristoni ochildi – qabrtoshlari ham bor!

Qidiruv gigantining muvaffaqiyatli chiqmagan, o‘z umrini o‘tab bo‘lgan hamda «tug‘ilmasdan bo‘g‘ilgan» mahsulotlarini aks ettiruvchi Killed By Google sayti mavjud. Unga «dafn etilgan» bir qator servislar, ilovalar va gadjetlar haqida bir qator xabarlar berganmiz.

O‘QING: iPhone’lar qabristoni: eski smartfonlarni nima qilishadi (+video)?

Buni qarangki, endi Sietl shahridagi Google ofisida g‘ayrioddiy installyasiya ochildi. Unda kompaniyaning «o‘lgan» mahsulotlari haqiqiy qabristoni aks ettirilgan. Kichkina mozorlikdagi qabr toshlariga shu paytgacha yopilgan ayrim servislarning logotiplari tushirilgan.

Suratga ko‘ra, Google bu ramziy qabristonga o‘zi voz kechgan barcha mahsulotlarini emas, balki ayrimlarinigina «dafn etgan». Qidiruv giganti shu paytgacha «o‘ldirgan» devays va dasturiy ta’minot mahsulotlarning umumiy soni esa 180 dan oshiq.

O‘QING: Yangi texnologiya qadimiy piramida ostidan «narigi dunyoga yo‘l» topdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!