Google Maps va boshqa xaritalar masshtabini bitta barmoqda boshqarish mumkin!

  •   DiMaX
  •  1083
  •  28.10.2019 15:50

Google Maps va boshqa xaritalar masshtabini bitta barmoqda boshqarish mumkin!

Aksariyatimiz o‘z smartfonimizda Google xaritasidan foydalanamiz, u kompaniyaning boshqa servislari bilan integratsiyalashgani tufayli ham qulayroq. Lekin unda masshtabni o‘zgartirish uchun maxsus tugmachalar yo‘q – xaritadagi tasvirni yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish uchun ikkita barmoq ishlatishga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Google Maps'ga zo‘r funksiya qo‘shildi. Qizig‘i, faqat iPhone'larga!

Lekin ikkinchi qo‘lingiz band bo‘lsa, bitta qo‘lning o‘zida ham smartfonni ushlab, ham undagi ikkita barmog‘ingiz bilan masshtabni o‘zgartirish qiyin. Google Maps ilovasining Android hamda iOS uchun ishlab chiqilgan ilovalarida buning oson yo‘li ham bor, faqat ko‘pchilik bilmaydi.

Mazkur usuldan foydalanish uchun xaritani ochib, ekranga bitta barmoq bilan ketma-ket ikki marta teginasiz, ammo ikkinchi teginishdan so‘ng barmoqni uzmay turasiz. Shu holatda barmoqni oldinga va orqaga surib, xarita masshtabini kattalashtirish va kichraytirish mumkin.

Bu usulning afzalligi shundaki, u universal bo‘lib, boshqa xarita ilovalarida ham birdek ishlaydi. Yandeks.Xarita yoki 2GIS bo‘ladimi, Maps.Me yoki boshqasi bo‘ladimi – barcha xarita ilovalarida (garchi ularda masshtabni boshqarish uchun «+» va «-» tugmachalari bo‘lsa ham) mana shu usulni qo‘llash mumkin.

O‘QING: Hammasi sayohat uchun: oflayn-kartalar va yana 5 ta juda kerak bo‘ladigan ilova

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!