Google Maps’dagi arvohli o‘rmon surati foydalanuvchilarni cho‘chitib yubordi

  •   DiMaX
  •  1347
  •  27.07.2021 14:48

Google Maps’dagi arvohli o‘rmon surati foydalanuvchilarni cho‘chitib yubordi

Avvalroq qidiruv gigantining Google Maps kartografik servisi aviahalokat joyida «arvoh-samolyot»ni ko‘rsatgani haqida yozgan edik. Reddit resursida shunga o‘xshash boshqa bir surat qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

O‘QING: ShOK VIDEO: Tesla elektrokari qabristonda arvohni «ko‘rib» to‘xtadi!

Conscious_Que nikli Reddit foydalanuvchisi Google Maps servisidan olingan kadrni e’lon qilgan. Ushbu tasvir markaziy Kaliforniyadagi o‘rmonda suratga olingan. Ko‘rishimiz mumkinki, o‘rmonning muayyan bir qismi g‘ayritabiiy binafsharang tusda aks etmoqda.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mazkur rang shu joyda paranormal faollik oshgani, aniqrog‘i – u yerda arvoh mavjudligini ta’kidlashmoqda. Ayrimlar o‘rmonning vahimali ekanini, bunday joyda sayr qilmagan ma’qulligini yozishgan.

Tabiiyki, masalaga skeptik yondashuvchilar ham bor va ulardan birining yozishicha: «Aftidan, s’yomka jarayonida ayni shu joyga kelganda kamera datchigida nosozlik yuz bergan, shu sababli surat nuqsonli chiqqan».

Aytish kerakki, Google Street View avtomobillariga o‘rnatilgan 360 darajali kameralarda bu kabi texnik nosozliklar uchrab turadi. Shular natijasida g‘ayritabiiy bo‘lib chiqqan rasmlarni foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib, ortiqcha vahima ko‘tarib turishlari ham bor gap.

O‘QING: Yangi texnologiya qadimiy piramida ostidan «narigi dunyoga yo‘l» topdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.