Google Maps'ga zo‘r funksiya qo‘shildi. Qizig‘i, faqat iPhone'larga!

Google Maps'ga zo‘r funksiya qo‘shildi. Qizig‘i, faqat iPhone'larga!

Yaqinda Google Maps'ning mobil versiyalariga Street View yangi funksiya qo‘shilgandi. Ushbu funksiya smartfonlar orasida hozirda faqat Android mobillarda mavjud bo‘lib, iPhone'ga hali taqdim qilinmagan. Bunga hayron bo‘lmasa ham bo‘ladi.

Bir necha kun ilgari Google Maps ilovasining funksiyalari soni yana bittaga ko‘paydi. Biroq bu gal Google hammani hayron qoldirgan holda ushbu funksiyani o‘zining Android platformasiga emas, balki faqat iPhone'larga taqdim qildi.

Ilk xabarlari Reddit'da tarqalgan bu oddiy funksiya Maps oynasiga qo‘shilgan. Endi iPhone'dan Google Maps ilovasi ochib ko‘rsangiz, siz turgan hududdagi ob-havo ma’lumoti ko‘rsatib boriladi.

Yuqoridagi rasmga qarasangiz, ob-havo ma’lumoti go‘yo Xarita turi tugmasi ro‘parasiga qo‘shib qo‘yilgan doimiy tugmaga o‘xshab ko‘rinadi, biroq uning ustiga bossangiz, u tugma emasligini bilasiz; hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Ushbu funksiya faqatgina havo harorati hamda ob-havoning qanday bo‘lishini ko‘rsatuvchi ikonkadan iborat; ob-havo ma’lumotlari qaysi manbadan olinganligi ham ko‘rsatilmaydi.

Buni juda ham foydali funksiya, deyish mumkin. Agar sizning iPhone'ingizga hali ushbu funksiya qo‘shilmagan bo‘lsa, Google siz joylashgan mamlakat uchun Google Maps'ning yangi versiyasini hozircha taqdim qilmagan bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Apple Maps'da allaqachon ham ob-havo ma’lumotlari ko‘rsatib boriladi.

Google barcha operatison tizimlar uchun bir xil ilovalar taqdim qilishini inobatga olib, aytish mumkinki, yaqin fursatlarda yuqoridagi yangilanish Android'ga, undan ilgarigi Street View esa iPhone'ga qo‘shiladi. 

O‘QING: Internetingiz sekinmi? Google siz uchun Gallery Go ilovasini taqdim etdi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!