Google nihoyat Fuchsia operatsion tizimini ishlatib ko‘rishga ruxsat berdi!

  •   DiMaX
  •  886
  •  09.12.2020 12:44

Google nihoyat Fuchsia operatsion tizimini ishlatib ko‘rishga ruxsat berdi!

Qidiruv giganti turli qurilmalarda qo‘llanuvchi Fuchsia operatsion tizimini tayyorlayotgani anchadan beri ma’lum. Biz undan olingan suratlarni va hatto videosini ham e’lon qilganmiz. Bundan tashqari, yaqindagina...

O‘QING: Fuchsia OS sertifikatsiyadan o‘tdi – Android’ning kuni bitdimi?

Google kompaniyasi o‘tgan yili Fuchsia.dev rasmiy saytini ishga tushirgan va unda Zircon mikroyadrosi asosidagi yangi tizim haqida batafsil ma’lumotlar bergan edi. Kuni kecha esa u Google Open Source Blog blogida barcha qiziqqan dasturchilarni Fuchsia OS tizimiga jalb etishi haqida xabar chiqardi.

Kompaniya izohiga ko‘ra, Fuchsia ochiq chiqish kodiga ega bo‘lgan universal operatsion tizim yaratish bo‘yicha uzoq muddatli loyihadir; shuning uchun unda jamoatchilikning hissa qo‘shishi juda muhim. Ishlab chiqish jarayonini soddalashtirish uchun kompaniya Fuchsia xatolarini ko‘rsatib berishga mo‘ljallangan, hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan trekerni ishga tushirdi.

Google ta’kidlashicha, Fuchsia OS foydalanuvchilarning xavfsizligiga hamda yuksak samaradorlikka asosiy e’tiborni qaratadi. Uning ishlab chiqilishiga o‘z hissasini qo‘shishni istagan dasturchilar uchun kompaniya macOS hamda Linux tizimli kompyuterlarga mo‘ljallangan rasmiy emulyator va batafsil yo‘riqnoma ham chiqardi.

O‘QING: Windows tizimi 35 yoshda: uning barcha versiyalarini yodga olamiz