Google’ning $150 dollarlik Nik Collection surat tahrirlash dasturi endi bepul

Google’ning $150 dollarlik Nik Collection surat tahrirlash dasturi endi bepul

Nik Collection kompyuter dasturi jahonning eng yaxshi 7 ta suratni tahrir qilish dasturlari sirasiga kiradi. Google tomonidan ishlab chiqilgan dasturidan shu vaqtga qadar 150 AQSh dollari evaziga foydalanish mumkin edi. Endi mazkur dasturdan suratga tushish va surat olish ishqibozlari tamomila bepul foydalanishlari mumkin bo‘ldi.

Mac, Windows hamda Linux kompyuter operatsion tizimlari foydalanuvchilari Nik Collection dasturiy ta’minot mahsulotining Analog Efex Pro, Color Efex Pro, Silver Efex Pro, Viveza, HDR Efex Pro, Sharpener Pro, va Dfine kabi qo‘shimcha dasturiy modullarini yuklab olishlari mumkin.

Mazkur dastur yordamida suratni qo‘shimcha ranglar bilan boyitish, qayta ishlash, qo‘shimcha effektlar bilan suratga bezak berish, tasvirni yanada ravshan qilish, ortiqcha xiraliklarni olib tashlash, suratning muayyan qismiga zarur tus berish va boshqa tahrirlashni amalga oshirish mumkin.

Kompaniya dasturni yil boshida sotib olgan foydalanuvchilarning mablag‘larini bir necha kun ichida qaytarib berishni va’da qilmoqda.

Quyidagi elektron manzil orqali kirib, dasturni yuklab olishingiz mumkin. Dastur hajmi 429 MB.

Yuklab oling: Google Nik Collection

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!