Google ommabop servisining «dafn etilish» vaqtini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  944
  •  05.08.2020 15:57

Google ommabop servisining «dafn etilish» vaqtini e’lon qildi

Qidiruv gigantining muvaffaqiyatli chiqmagan, o‘z umrini o‘tab bo‘lgan hamda «tug‘ilmasdan bo‘g‘ilgan» mahsulotlarini aks ettiruvchi Killed By Google sayti mavjud. Unga «dafn etilgan» bir qator servislar, ilovalar va gadjetlar haqida bir qator xabarlar e’lon qilganmiz.

O‘QING: Google mahsulotlarining haqiqiy qabristoni ochildi – qabrtoshlari ham bor!

Google shu yilning boshida havaskor dasturchilarga mo‘ljallangan servisining «janozasini o‘qigan» edi. May oyida esa u «Google Play Musiqa» (Google Play Music) striming platformasini yopishini, uning o‘rniga YouTube Music qolishini e’lon qildi.

Kompaniya endi Play Music servisining yopilish vaqtlarini ham rasman ma’lum qildi. Unga ko‘ra, uni birinchi bo‘lib sentyabrdayoq Yangi Zelandiyada hamda Janubiy Afrika mamlakatlarida to‘xtatishadi.

Qolgan hududlardagi esa Play Music’dagi o‘z fonotekalarini oktyabrgacha YouTube Music platformasiga o‘tkazib olishlari mumkin bo‘ladi. Dekabrda esa «Google Play Musiqa» servisi o‘z faoliyatini butkul to‘xtatadi.

Shunisi ham borki, «janozasi o‘qilayotgan» servisning ayrim funksiyalari yuqorida ko‘rsatilgan muddatlardan oldin o‘chirib boriladi. Masalan, avgust oyidayoq qo‘shiqlarni xarid qilish va oldindan buyurtma berish imkoniyati Play Music’dan olib tashlanyapti.

Eslatib o‘tamiz, YouTube Music musiqiy ilovasi 2015 yili ishga tushgan. Yopilayotgan servisdagi qo‘shiqlaringiz, pleylistlar va tavsiyalaringizni ko‘chirib o‘tkazish uchun, avvalo, YouTube Music ilovasini smartfoningizga yuklab olishingiz kerak. Android-qurilmalarga uni ushbu, iOS-gadjetlarga esa mana bu havolalar orqali o‘rnatish mumkin. Keyin esa uni ochib, «Ko‘chirib o‘tkazish» («Perenesti») tugmachasini bossangiz yetarli.

O‘QING: YouTube’ning pulli funksiyasidan Telegram orqali bepul va reklamasiz foydalansa bo‘lar ekan!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!