Google o‘z ilovalari do‘konidan muhim bir bo‘limni olib tashlamoqda

Google o‘z ilovalari do‘konidan muhim bir bo‘limni olib tashlamoqda

Google may oyidan boshlab o‘zining Play Store do‘konida filmlar va teleko‘rsatuvlarni sotishni to‘xtatmoqda. Bu haqida kompaniyaning qo‘llab-quvvatlash saytida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, endilikda foydalanuvchilar kino va filmlarni o‘tgan yili qayta dizaynlangan Google TV ilovasidan sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Google Play'da esa Movies & TV bo‘limi aytilgan vaqtdan boshlab qo‘llab-quvvatlanmaydi va u ilovalar, o‘yinlar va kitoblar uchun do‘kon bo‘lib qoladi.

Bu Google'ning Play brendi ostida yopilayotgan yagona mahsuloti emas. Ikki yil oldin kompaniya o‘zining Google Play Music ilovasini YouTube Music foydasiga yopib yuborgan edi.

O‘QING: Instagram endi uch xil lentaga ega!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!