Google o‘zining bosh sahifasiga o‘zgartirish kiritmoqda

Google o‘zining bosh sahifasiga o‘zgartirish kiritmoqda

Google qidiruv tizimining kompyuter uchun bosh sahifasi o‘zining toza interfeysi bilan mashhur. Lekin endi kompaniya zerikarli sahifaga o‘zgartirishlar kiritmoqchi va u bir qator vidjetlarni sinashni boshlagani ma’lum bo‘ldi. 

Vidjetlar google.com veb-sahifasining pastki qismida bir qator bo‘lib joylashgan bo‘ladi va albatta, ularni yashirib qo‘yish ham mumkin. Sizning qayerda turganligingiz va so‘nggi qidiruv tarixlaringizga qarab vidjetlar sizga ob-havo, yangiliklar, filmlar, aksiyalar, mahalliy tadbirlar va koronavirus haqida ma’lumotlar beradi. 

Kursorni biron vidjetga olib borsangiz u kattalashadi, ustiga bosganingizda esa to‘liq oynada ochiladi. Vidjetlar faqat bir qatordan tashkil topgan bo‘lib, ularning soni kompyuteringiz ekraniga bog‘liq bo‘ladi va ularni pastga/tepaga aylantirib bo‘lmaydi. 

Afsuski, vidjetlar Google sahifasiga qachon qo‘shilishi haqida ma’lumot yo‘q. 

O‘QING: Gmail'ning veb-sahifasi re-dizayn qilindi