Google o'zining bulutli-o'ynash xizmatini yopmoqda

Google o'zining bulutli-o'ynash xizmatini yopmoqda

Google kompaniyasi o'zining taniqli xizmatlaridan biri, bulutli-o'ynash platformasi, Stadia'ni yopayotganligini e'lon qildi. Kompaniya sotib olingan Stadia qurilmalari va kontentlar pulini 2023-yil yanvarining o'rtasigacha qaytarib berishini ma'lum qilgan.

"Bir necha yil oldin biz Stadia o'yin xizmatini ham ishga tushirdik. Garchi Stadia'ning iste'molchilar uchun o'yinlarni strimining qilish yondashuvi kuchli texnologiya poydevoriga qurilgan bo'lsa-da, u foydalanuvchilar orasida biz kutgandek katta qiziqish uyg'otmadi, shuning uchun biz Stadia striming xizmatini to'xtatishga qiyin qaror qildik." deydi Stadia vitse-prezidenti va bosh menejeri, Fil Xarrison, e'lon qilingan blog postda.

Shuningdek, Xarrisonning qo'shimcha qilishicha, Google Stadia texnologiyasini kompaniyaning YouTube, Google Play va AR kabi boshqa xizmatlariga, shu bilan birga, kompaniya o'yin kelajagini ko'ra oladigan boshqa sanoat hamkorlariga taqdim etishini rejalashtirmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Stadia o'yinchilar boshlab qo'ygan o'yinlarini yakunlab olishlari uchun 2023-yilning 18-yanvarigacha ochiq bo'ladi.

Bulutli o'yin xizmati - bu kompyuter o'yinlarini boshqa, uzoqda joylashgan serverlarda o'ynash bo'lib, bunda siz o'yinlarni xuddi videolarni YouTube'da strim qilgandek o'ynaysiz. Boshqachasiga aytganda, bulutli o'ynash texnologiyasi kuchli texnik xususiyatlarga ega kompyuter talab qiladigan o'yinlarni oddiy kompyuterda ham o'ynash imkonini beradi. Albatta, internet bilan.

Ta'kidlash joizki, Google Stadia xizmati shu kungacha O'zbekiston hududida mavjud bo'lmagan.

O'QING: E3 tadbiri 2023 yilning qaysi kunlarida o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!