Google o‘zining Fuchsia operatsion tizimli ilk gadjetini ro‘yxatdan o‘tkazdi

  •   DiMaX
  •  341
  •  05.05.2021 12:03

Google o‘zining Fuchsia operatsion tizimli ilk gadjetini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Qidiruv giganti turli qurilmalarda qo‘llanuvchi Fuchsia operatsion tizimini tayyorlayotgani anchadan beri ma’lum. Biz undan olingan suratlarni va hatto videosini ham e’lon qilganmiz. Bundan tashqari, yaqindagina...

O‘QING: Google nihoyat Fuchsia operatsion tizimini ishlatib ko‘rishga ruxsat berdi!

Bozorga chiqishga tayyor bo‘lgan gadjetlarda Bluetooth texnologiyasining qo‘llanishini sertifikatlovchi Bluetooth Special Interest Group (SIG) tashkilotining ma’lumotlar bazasida kuni kecha Google kompaniyasining yangi qurilmasi paydo bo‘ldi. Google Home Hub nomi bilan sertifikatlangan bu devaysning Fuchsia 1.0 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlashi qayd etilgan.

Google kompaniyasining mazkur turkumdagi aqlli ekrani ikki yildan oshiqroq vaqt avval Nest Hub sifatida qayta nomlangan edi. Uning hozirgi versiyalari Google Cast platformasida ishlaydi.

Kompaniya o‘zining Fuchsia operatsion tizimli Home Hub aqlli ekranini dastlab cheklangan seriyada – sinovchilar uchun chiqarishi mumkin. Yangi dasturiy ta’minotni real gadjetda sinab ko‘rib, kamchiliklar aniqlansa tuzatib, keyin tijorat versiyasini bozorga taqdim etishsa kerak.

O‘QING: Fuchsia ham, Android ham emas: Google yashirincha yana bitta operatsion tizim tayyorlayapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!