Google o‘zining ilk oflayn-do‘konini ochdi (video)

  •   DiMaX
  •  446
  •  22.06.2021 08:55

Google o‘zining ilk oflayn-do‘konini ochdi (video)

Google kompaniyasi o‘z tarixida birinchi bor chakana savdo do‘konini ochdi. Do‘kon Nyu-Yorkda joylashgan. Bu haqda korporatsiya matbuot xizmati xabar bergan, deb yozadi Daryo nashri.

O‘QING: Google xodimlari sirni ochishdi: xomtama bo‘lmang – undan yashirina olmaysiz!

Kompaniyaning chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi ilk do‘koni ochilishi haqida bir oy oldin ma’lum bo‘lgandi. Bunga qadar devayslarni faqat internet-do‘kon orqali xarid qilish mumkin edi.

Savdo nuqtasida kompaniyaning turli gadjetlari va boshqa mahsulotlarni xarid qilish mumkin.

Do‘kon intereri qiziqarli dizaynga ega bo‘lgan – balandligi 17 futga yetadigan oyna bilan qoplangan aylana konstruksiya. Google uni Imagination Space deb ataydi. Interfaol ekranga ega qurilmada Google mahsulotlarining eksponatlari aylanib turadi.

O‘QING: Google rahbari Sundar Pichai o‘tgan yili qancha maosh olgani ma’lum bo‘ldi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!