Google Pixel 3 va 3 XL taqdim etildi: syurprizsiz flagmanlar

  •   Saroy
  •  1146
  •  10.10.2018 14:34

Google Pixel 3 va 3 XL taqdim etildi:  syurprizsiz flagmanlar

Bu yil Google smartfonlari uchun omadsiz kechmoqda. Anonsgacha ikki oy qolganda bir guruh jurnalistlar qo‘liga Pixel 3 XL’ning ishchi versiyalari to‘shdi. Natijada shunday nazariya ilgari surilmoqda, ya’ni ushbu qadam kompaniya tomonidan ayyorona tashlangan qadam bo‘lishi ham mumkin. Maqsad – qalbakisini oldinroq   chiqarib yuborish, taqdimotda esa mutlaqo boshqa smartfonni ko‘rsatish. Ammo bu ro‘y bermadi, Pixel 3 va 3 XL avval qanday tasavvur qilingan bo‘lsa, xuddi shunday bo‘lib chiqdi.

Ikkala model ham tashqi tomondan bir-biridan umuman farq qilmaydi, faqat razmeri turlicha — diagonallari 5,5 va 6,3 dyuym. Katta Pixel 3 XL’da ekranda «qosh» bor, shu bois smartfonni eng qo‘rqinchli smartfon deb ham atashdi. Korpus uch rangda chiqadi, bular — oq, qora va qirmizi.

O‘QING:Hali taqdim etilmagan Google Pixel 3 XL kamerasini iPhone XS Max bilan taqqoslab ko‘rishdi. Natijalar hayratlanarli!

Yangi «piksellarning» orqa paneli shishadan — pastki qismi jilosiz, ustki qismi esa yaltiroq. Bu kompaniyaga  smartfonga simsiz quvvatlantirgichni qo‘shish imkonini berdi, shu bilan birga Pixel Stand zaryadkasining o‘zini ham ko‘rsatdi. Ammo aynan ushbu stansiyani ishlatish shart emas, qurilmaga istalgan Qi-zaryadka tushaveradi. Quloqchin uchun o‘yiq yo‘q, undan o‘tgan yili  Pixel 2’danoq voz kechilgandi.

Google o‘z lineyasini bukishni davom ettirmoqda va smartfonning asosiy kamerasini ikkitalik qilmayapti.  Ammo old kamera ikkitalik bo‘ldi. Endi qo‘shimcha modul tasvirning keng burchagiga ega. Natijada bir yo‘la bir necha kishi bitta fotografiyaga sig‘adi. Kamera formati — 12 Mp asosiysida va 8 Mp old kamerada.

Smartfonlar qorong‘uda video olishning yangi rejimiga ega bo‘ldi.

O‘QING:Taqdim etilmagan Google Pixel 3 XL allaqachon «qora bozor»da sotilyapti! (+«jonli» video va suratlar)

Bu yil Google  Pixel 3 kamerasining DxOMark reytingidagi natijalari bilan maqtana olmaydi. Avvalgi avlod «piksellari» bu borada birinchi o‘rinni olgan edi, shu bois uni eng zo‘r kameraga ega smartfonlar qatoriga qo‘shishgandi. Bu yil, chamasi,  kompaniya ilg‘orlikda Huawei P20’dan o‘ta olmaydigan ko‘rinadi. 

Smartfonda qimmat Snapdragon 845 o‘rnatilgan, 4 GB tezkor va 64/128 GB ichki xotiraga ega. Qurilma Android 9 Pie’da ishlaydi. Tezkor quvvatlantirgichni qo‘llab quvvatlaydi. Pixel 3 modelining narxi 799 dollar.

Katta 64 GB xotiraga ega Pixel 3 XL 899 dollar turadi. Simsiz quvvatlantirgich  Pixel Stand 79 dollar turadi.

Google’ning yana bir qurilmasi Home Hub bo‘lib, bu simsiz kolonkasi va Google ovozli assistenti bor aqlli  displeydir.  Ekran orqali YouTube’ni, fotosuratlarni, ob-havoni va taqvimni ko‘rsa bo‘ladi. Buni, qarshingizda  turgan cheklangan funksiyalarga ega stotsionar planshet desa ham bo‘ladi. Narxi 149 dollar.

Xromda ishlaydigan planshet ham kompaniyaning yangi qurilmalaridan hisoblanadi.

Chrome OS operatsion tizimi anchadan buyon sensorli displeyi va Android-ilovalari bilan ishlaydi. To‘laqonli Pixel Slate planshetining anonsini  ham kompaniyaning mantiqiy qadami bo‘ldi deyish mumkin. Old tomondagi  yon qirrasiga stereoovoz chiqaruvchi dinamika o‘rnatilgan. Ular uchun g‘ilof-klaviatura va stilus ham namoyish qilindi.

Pixel Slate plansheti 599 dollar turadi, klaviaturasi uchun qo‘shimcha ravishda yana 199 dollar hamda stilus uchun 99 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi.

O‘QING:Google’dan Pixel 3 va Pixel 3 XL: anonsi ham ma’lum qilindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!