Google Pixel 4 XL va Samsung Galaxy Note 10 Plus'larning kamerasi taqqoslandi

Google Pixel 4 XL va Samsung Galaxy Note 10 Plus'larning kamerasi taqqoslandi

Yaqinda Pixel 4 XL'ning dizayni va bir necha jihatlarini ko‘rsatgan ikkita video paydo bo‘lgani haqida yozgandik. Bundan tashqari, YouTube'dagi ReLab nomli kanalda 4 XL'da o‘yin o‘ynashayotgani tasvirlangan video ham e’lon qilindi. Endi esa, ayni kanalda Pixel 4 XL va Samsung Galaxy Note 10+ smartfonlarining kameralari taqqoslangan video nashr qilindi.

Shuni aytib qo‘yishimiz kerakki, video vetnam tilida; agar bu tilni bilmasangiz, tavsifchi so‘zlarini tushunish uchun inglizcha subtitrlarga tayanishingizga to‘g‘ri keladi.

Yana shuni bilingki, videodagi Galaxy Note 10+ eng so‘nggi dasturiy ta’minotda ishlaydi, 4 XL esa demo versiyada. Shuning uchun, 4 XL'ga baho berishni taqdimotdan keyinga qoldiramiz. Lekin quyida o‘sha videoni siz uchun keltirib o‘tamiz. Marhamat, tomosha qiling.

O‘QING: DxOMark: Samsung Galaxy Note 10+ 5G - kamerafonlar qiroli!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.