Google Pixel 4a bilan tanishamiz

Google Pixel 4a bilan tanishamiz

Google Pixel 4a smartfoni va nihoyat rejalangan muddatidan ancha keyin taqdim qilindi.

Google'ning ushbu qurilmasi o‘tgan yilgi Pixel 3a'dan qanchalik darajada takomillashtirildi? Kompaniyaning o‘tgan yilgi modeli ancha muvaffaqiyatli chiqqandi. Shuning uchun, qurilmaning keyingi avlodida ko‘p jihatlarni o‘zgartirishga hojat ham yo‘q edi. Lekin Google mijozlar foydasiga ish ko‘rib, narxlarni kamaytirdi va ayni damda smartfon xotira sig‘imini ikki barobarga oshirdi.

Pixel 4a smartfoniga Snapdragon 730G chipi qo‘yildi, tezkor xotira hajmiga yana 2GB qo‘shildi, doimiy xotira esa UFS 2.1 tezligida ishlaydigan bo‘ldi. Akkumulyator sig‘imi ham biroz oshirildi. Displey ko‘proq maydonni qamrab oldi, selfilar uchun aylanasimon tirqish kamera o‘rnatildi.

Qurilmaning yon va orqa tomonlari plastikdan ishlangan bo‘lsa, ekranni Gorilla Glass 3 shishasi himoyalab turadi. Kamera aperturasi biroz yorqinlashtirilib, f/1.7 ga ko‘tarildi.
Quyida Google Pixel 4a smartfonining to‘liq texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz.

Google Pixel 4a'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 144 x 69.4 x 8.2 mm; 143 g; plastik rom va panel;
> Displey: 5.81 dyuym OLED; 1080 x 2340 piksel rezolyutsiyasi; 19.5:9 tomonlar nisbati; 443 piksel/dyuym zichlik;
> Chip: Qualcomm Snapdragon 730G (sakkiz yadroli (2x2.2 GHz Kryo 470 Gold & 6x1.8 GHZ Kryo 470 Silver); Adreno 618 grafik protsessori;
> Xotira: 6GB tezkor, 128GB UFS 2.1 doimiy xotira; microSD karta sloti yo‘q;
> OT: Android 10;
> Orqa kamera: 12.2MP, f/1.7, 27 mm (keng), 1/2.55", 1.4µm, qo‘sh piksel PDAF, optik tasvir stabilizatsiyasi;
> Old kamera: 8MP, f/2.0, 24 mm (keng), 1.12µm;
> Video yozuv: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30/60/120 kadr/sek.;
> Akkumulyator: 3140 mAs; 18 vatt quvvatlash;
> Boshqa: NFC, Bluetooth v5.1, orqa panelga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri; Wi-Fi 5GHz b/g/n/ac; qo‘sh-SIM (nano+eSIM).

Qadoq tarkibi
Pixel 4a qadog‘ida faqatgina eng muhim narsalar joylashgan. Qutining yaltiramaydigan sayqalda ishlangan. Quti ustiga Google logotipi va Shunchaki Qora Pixel 4a smartfoni tasviri tushirilgan.

Qadoq ichida Pixel 4a, qisqa yo‘riqnoma, xavfsizlik ma’lumoti, SIM kartani chiqaruvchi ilgak, USB-C-2-C kabeli va USB-C zaryadchik bor. USB-C-2-A kabeli ham bor — eski iPhone yoki boshqa Android smartfoningizdan ma’lumotlaringizni ko‘chirib o‘tkazish uchun.
Quti ichida quloqchin, g‘ilof yoki ekran protektori mavjud emas.

O‘QING: TeraTavsif: Xiaomi Redmi Note 9 Pro (1-qism)