Google Pixel 4'ning yangi "jonli" videolari bilan tanishing

Google Pixel 4'ning yangi

Yaqinda taqdim qilinishi kutilayotgan, Google'ning yangi displey yechimiga ega, Pixel 4 XL smartfoni tasvirlangan ikki video internetda tarqaldi.

Datlabki o‘n bir soniyali video malayziyalik savdogar tomonidan olingan bo‘lib, lavhalardan gadjetning yuqori tomon hoshiyasi avvalgi sizib chiqqan rasmlarda ko‘rsatilganidek katta ekanligini ko‘rish mumkin. Smartfonning yon va orqa tomonlari dizayni hamda qo‘shkamera modulining to‘rtburchak uyasi ham yaqqol ko‘rsatilgan.

Pixel 4 va Pixel 4 XL'larda yangicha Yuzga ochish tizimi va Soli harakat imo-ishoralari bo‘ladi. Bundan tashqari, mish-mishlarga ko‘ra, har ikki qurilma displeyining yangilanish chastotasi 90 gersga teng bo‘ladi. Dizaynga kelsak, devayslarning yon tomoni yaltiroq bo‘lmagan teksturali bo‘lsa, quyi qismiga Google logotipi tushirilgan orqa panel jilodor qilib ishlangan.
Smartfonning oq rangli versiyasi tasvirlangan ikkinchi videoda esa UI elementlari, jumladan, Android 10 boshqaruv paneli hamda kamera interfeysi qanday bo‘lishi aks etgan.

O‘QING: Pixel 4 smartfoni kamerasi haqida yangi ma’lumotlar oshkor bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!