Google Pixel 5a 5G'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Google Pixel 5a 5G'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Google kompaniyasi o‘zining beshinchi avlod Pixel 5a 5G smartfonini taqdim etdi. Pixel “a“ seriyasi odatiy Pixel smartfonlariga qaraganda nisbatan pastroq texnik jihatlarga ega bo‘ladi. Shunga yarasha, kompaniya ushbu seriyadagi qurilmalarni arzonroq narxda sotuvga chiqaradi.

Pixel 5a smartfonidagi ko‘zga tashlanadigan jihatlar bu - katta hajmli akkumulyator hamda IP standarti. Qurilma Pixel “a“ modelidagi smartfonlar orasida birinchilardan bo‘lib suv hamda changdan himoya standartiga ega bo‘ldi.

Texnik ko‘rsatkichlar hamda dizayn borasida yangi smartfon avvalgi avlod Pixel 4a qurilmasini eslatib yuboradi.

Ikkala smartfonning chipi hamda tezkor xotira hajmi bir xil, o‘lchamlari esa biroz farq qiladi. Akkumulyator sig‘imi Pixel 5a 5G'da yaxshiroq. Qurilmaga 4,680 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. Bu ko‘rsatkich Pixel 4a 5G'da 3,885 mAs ni tashkil qiladi. Pixel 5a'ning korpusi mustahkam alyuminiy hamda plastikdan ishlangan.

Google Pixel 5a 5G'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 154.9x73.7x7.6mm, 183g; old panel shisha (Gorilla Glass 3), alyuminiy/plastik korpus; IP67 standarti.

> Displey: 6.34 dyuymli OLED, 60Hz ekran yangilanish chastotasi, 1080x2400px rezolyusiya, 20:9 forma faktori, 415ppi zichlik.

> Chipset: Qualcomm SDM765 Snapdragon 765G (7 nm): Sakkiz yadroli (1x2.4 GHz Kryo 475 Prime & 1x2.2 GHz Kryo 475 Gold & 6x1.8 GHz Kryo 475 Silver); Adreno 620.

> Xotira: 6/128GB

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11

> Kamera: Asosiy kamera: 12.2MP, f/1.7, 27mm, 77° (keng), 1/2.55“, 1.4µm, qo‘sh Pixel PDAF, OIS; Ultrakeng kamera: 16MP, f/2.2, 119˚, 1.0µm.

> Selfi kamera: 8MP, f/2.0, 24mm 83° (keng), 1.12µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: [email protected]/60 kadr/sek., [email protected]/60/120/240 kadr/sek.; Selfi kamera: [email protected] kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,680 mAs; 18 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati.

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (orqa panelda), 3.5mm audio jek.

Google Pixel smartfonlarining eng kuchli jihati bu - ularning kameralarida. Pixel 5a'ga ham Pixel 4a'ga ham bir xil rezolyusiyadagi kameralar o‘rnatilgan. Shuning uchun, ikkala smartfonning kamera sifati bir xil. Bundan tashqari, ikkala qurilma Snapdragon 765G chipida ishlaydi. Bu degani ularning unumdorligi ham bir xil.

Qadoq tarkibi

Qutidan odatdagidek smartfon bilan birga 18 vattlik quvvatlash adapteri va USB-C kabeli o‘rin olgan.

O‘QING: Google hamyonbop bo‘lgan Pixel 5a smartfonini taqdim etdi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!