Google Pixel 6 Pro'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Google Pixel 6 Pro'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Google qaytdi. Pixel 6 Pro smartfoni yangi chip, yangi dasturiy ta’minot, noodatiy dizayn, yuqori darajali kameralar hamda yangi funksiyalarga egaligi bilan avvalgi avlod Pixel smartfonlaridan bir bosh ustun. Hozirda ushbu qurilma sof Android tizimida ishlovchi eng yaxshi smartfon hisoblanadi.

O‘QING: Pixel 6 hamda Pixel 6 Pro smartfonlarida jiddiy muammo aniqlandi

Pixel 6 Pro butunlay boshqa dizaynda namoyon bo‘ldi. Smartfonning ikkala tomoni shisha bilan qoplangan, kamera moduli esa gorizontal holatda joylashgan. Shuningdek, endi smartfon ekranosti barmoq izi skaneri hamda 120Hz LTPO AMOLED displeyiga ega bo‘ldi.

Google hozirgi chipsetlardan voz kechib, o‘zining yangi Tensor chipini ishlab chiqdi. Ushbu chip dasturiy ta’minot hamda yangi takomillashgan kameralar bilan yaxshi integrallasha oladi.

Foto: GSMArena

Shuningdek, yangi chipset qurilmada tilni tezroq va samaraliroq qayta ishlashiga, shuningdek, Google'ning hisoblash fotografiyasini avvalgidan tezroq ishlashiga imkon beradi.

Smartfon yangi kamera sensorlariga ega bo‘lib, ular avvalgi Pixel smartfonlariga o‘rnatilgan sensorlardan ancha kattaroq. Qurilmaga Samsung kompaniyasi tomonidan ishlab chiqailgan 50 megapikselli ISOCELL GN1 sensori asosiy kamera sifatida o‘rnatilgan bo‘lib, u Pixel 5'dagi 12.2MP kameradan ikki barobar ko‘proq yorug‘likni qabul qila oladi.

Smartfonga 4x zumni qo‘llab-quvvatlovchi 48MP telefoto kamera hamda 12MP takomillashgan ultrakeng kamera o‘rnatilgan. Qurilmada 11MP selfi kamera bo‘lib, u 4K rezolyutsiyadagi video kontentini qo‘llab-quvvatlaydi.

Google Pixel 6 Pro'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 163.9 x 75.9 x 8.9 mm, 210g; old panel shisha (Gorilla Glass Victus), orqa panel shisha (Gorilla Glass Victus), zanglamas po‘lat rom; IP68 standarti.

> Displey: 6.71 dyuymli LTPO AMOLED displeyi, 120Hz ekran yangilanish chastotasi, HDR10+, 1440x3120 piksel rezolyutsiya, 19.5:9 forma faktori, 512ppi zichlik.

> Chipset: Google Tensor (5 nm): Sakkiz yadroli (2x2.80 GHz Cortex-X1 & 2x2.25 GHz Cortex-A76 & 4x1.80 GHz Cortex-A55); Mali G78 MP20 GPU.

> Xotira: 12/128GB, 12/256GB, 12/512GB; UFS 3.1.

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12; uch yillik dasturiy ta’minot yangilanishi hamda besh yillik xavfsizlik yangilanishlari.

> Asosiy kamera: 12MP, f/1.85, 26mm, 1.2µm, qo‘sh piksel PDAF, lazer AF, OIS; Telefoto: 48MP, f/3.5, 106mm, 1/2“, 0.8µm, PDAF, OIS, 4x optik zum; Ultrakeng kamera: 12MP, f/2.2, 114˚, 1.25µm.

> Selfi kamera: 11.1MP, f/2.2, 20mm, 1.22µm.

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30/60 kadr/sek, 1080p@30/60/120/240 kadr/sek, HDR, Dolby Vision HDR (60 kadr/sekundgacha), stereo ovoz yozish imkoniyati; Selfi kamera: 4K@24/25/30/60 kadr/sek, 1080p@30/60/120/240 kadr/sek, EIS.

> Akkumulyator: 5,003 mA; 30 vatt quvvatlash texnologiyasi, 50% - 30 daqiqada (reklamaga ko‘ra), USB Power Delivery 3.0, 23 vatt simsiz quvvatlanish imkoniyati, o‘zidan quvvat berish imkoniyati.

> Boshqa: Titan M2 xavfsizlik protsessori, barmoq izi skaneri (ekran ostida), NFC.

Avvalagi Pixel 5 smartfoni ega bo‘lgan Snapdragon 765G chipi bilan taqqoslaganda yangi Tensor chipi 80% yuqori CPU unumdorligi hamda 370% yuqori GPU unumdorligini taqdim etadi.

Shuningdek, smartfonning akkumulyator sig‘imi ham sezilarli darajada kattalashgan. Android 12 operatsion tizimi yangicha dizaynga ega bo‘ldi hamda unga ko‘plab yangi funksiyalar qo‘shildi.

Qadoq tarkibi

Google Pixel 6 Pro kichik qutida sotiladi. Smartfon qutisida edi quvvatlash adapteri bo‘lmaydi. Qadoqda smartfon bilan birga USB-C kabeli, SIM-karta ejektori hamda fayllar o‘tkazish uchun adapter bo‘ladi.

Foto: GSMArena

O‘QING: Huawei nova 9'ning texnik jihatlari hamda qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.