Google Pixel 6 va Pixel 6 Pro smartfonlari qutisida quvvatlagich bo‘lmaydi

Google Pixel 6 va Pixel 6 Pro smartfonlari qutisida quvvatlagich bo‘lmaydi

Google kompaniyasining yangi Pixel 6 hamda Pixel 6 Pro smartfonlarining ko‘plab texnik jihatlari avvalroq ommaga ma’lum bo‘lgan edi. Smartfonlarning rasmiy taqdimoti esa kuz oyida bo‘lib otishi kutilmoqda.

O‘QING: Google Pixel 6 va 6 Pro'ning to‘liq texnik ko‘rsatkichlari sizdirildi

Kecha kompaniya o‘zining hamyonbop bo‘lgan Pixel 5a smartfonini taqdim etdi. Shu bilan birga, taqdim etilishi kutilyotgan Pixel 6 seriyasi haqida yangi ma’lumot tarqaldi.

Ma’lumotga ko‘ra, na Pixel 6, na Pixel 6 Pro'ning qutisida quvvatlagich bo‘ladi. Bu bilan Google kompaniyasi Apple hamda Samsung ortidan ergashyotganini ko‘rish mumkin.

Kecha taqdim etilgan Pixel 5a smartfoni esa quvvatlagich bilan sotiladi. Google o‘z bayonotida barcha foydalanuvchilarda zaryadlash qurilmasi bo‘lganligi uchun yangi smartonlarni quvvtalagich bilan sotishning foydasi yo‘qligini aytib o‘tgan. Shuningdek, Google Apple hamda Samsung singari smartfon qadog‘ida quvvtalagich bo‘lmasligi uning narxining arzonroq bo‘lishiga imkon yaratishini ta’kidlagan.

O‘QING: Pixel Buds A chiqdi: avtonomligi 24 soatlik, IPX4 himoyali hamyonbop TWS-quloqchin! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!