Google Pixel 7 Pro yangi renderlar to‘plami

Google Pixel 7 Pro yangi renderlar to‘plami

Yaqinda Google'ning Pixel smartfoni yangi avlodi renderlari insayderlar tomonidan internetda tarqatilgan edi va unda Pixel 7 Pro qora rangda edi. Bu safargi xitoylik nashrlar tomonidan taqdim qilinayotgan renderlarda esa smartfon och ko‘k rangda bo‘lib, bunda uning kamera joylashuvlari yanada aniqroq ko‘rinadi.

Suratlardan ko‘rish mumkinki, Pixel 7 undan avvalgi avlod Pixel dizaynini saqlab qoladi. Smartfonning 6.7-6.8 dyuymli ekrani atrofi pastini hisobga olmasa bir xil o‘lchamdagi ingichka qora ramkaga bilan chegaralangan va old tomon yuqori markazida yumaloq tirqishda selfi kamera bor. Teskari tomoni yuqorirog‘idagi uzun gorizontal chiziqda esa orqa kameralar joylashgan bo‘ladi.

Pixel 7 Pro orqa kamera joylashuvi yaqinda internetga sizdirib yuborilgan Apple iPhone 14 Pro renderlaridagi smartfonning old tomonidagi tabletka dori va yumaloq shakldagi tirqishi dizaynini, xuddiki, chap tomonga yotqizib qo‘yilgan undov shaklini eslatib yuboradi. Chap tomonidagi uzunchoq tirqishda, keng burchakli va o‘ta keng burchakli linzali modullar o‘rtasida joylashgan yordamchi datchiklarni ko‘rish mumkin. O‘ng tarafdagi dumaloq teshikda periskop telefoto linzalari joylashgan bo‘lib, u bugungi Android flagmanlarida juda kam uchraydi.

Yangi Pixel 7 seriyasidagi smartfon o‘tgan yili Google tomonidan ishlab chiqilgan va Pixel 6 seriyasida qo‘llanilgan Tensor chiplari va hozirda kompaniya ustida ishlayotgan Android 13 operatsion tizimi bilan tahminan shu yilning sentyabr-oktyabr oylarida taqdim qilinishi kutilmoqda.

O‘QING: Uyali telefonlar 49 yilligi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!