Google Pixel 7 seriyasi qachon taqdim etiladi?

Google Pixel 7 seriyasi qachon taqdim etiladi?

Apple har yili o‘zining yangi smartfonlarini sentyabr oyida taqdim etadi. Google esa yangi gadjetlarni oktyabr oyida taqdim etishni an’anaga aylatirgan va bu an’ana 2022 yilda ham o‘zgarmaydi.

Ushbu xabar ishonchli manbala FrontPageTech tomonidan e’lon qilindi. FrontPageTech o‘tgan yili Pixel 6 va 6 Pro modellarini sotuvga chiqish sanasini aniq taxmin qilgan edi. 

Demak, ikki qurilmaga oldindan buyurtma berish 6 oktyabrdan boshlanishi taxmin qilinmoqda. Agar oldindan buyurtma berish smartfon taqdimotidan keyinoq boshlansa, u holda smartfonlar ham 6 oktyabrda taqdim etiladi. Rasmiy sotuvlar jarayoni esa 13 oktyabrdan boshlanishi kutilmoqda. 

Garchi taqdimot yana oktyabr oyida bo‘lsa ham, 2021 yilga qaraganda u biroz oldinroq bo‘lib o‘tadi. 

O‘QING: iPhone 14 Pro modellari oddiy 14 modellariga qaraganda yaxshiroq displeyga ega bo‘ladi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!