Google Pixel kamerasi iPhone 7’ni ortda qoldirdi

Google Pixel kamerasi iPhone 7’ni ortda qoldirdi

4 oktyabr kuni Google kompaniyasining San-Fransiskoda o‘tgan taqdimotida ko‘plab ilg‘or texnologiyalar qatorida yangi — Pixel hamda Pixel XL turkumidagi smartfonlari ham taqdim qilindi. Hech bir vositachilarsiz Google’ning shaxsan o‘zi ishlab chiqargan mobil aloqa qurilmasi bozorda Nexus qurilmalari o‘rnini egallaydi. DxOMark kompaniyasining yozishicha, mazkur mobil telefonlar jahondagi eng kuchli kameralarga ega bo‘lgan.

Qisqa tavsif

Pixel hamda Pixel XL smartfonlari o‘rtasidagi farq – korpus o‘lchami va displey diagonalida (5 va 5,5 dyuym).  Misol uchun, Pixel XL 5.5 dyuym, QHD (1440×2560 piksel) sig‘imli AMOLED platformasiga ega displey bilan ta’minlangan.

6

Pixel esa 5 dyuymli, full-HD (1080×1920 pikselli) sig‘imli, AMOLED platformasida ishlaydigan, sig‘imi 2770 mA soat bo‘lgan, tezkor quvvat olish texnologiyasiga ega akkumulyator bilan ta’minlangan. Google’ning ma’lum qilishicha, smartfonlarni 15 daqiqa quvvatlab, 7 soat foydalanish mumkin.

Qolgan jihatlari quyidagicha:

Protsessor: 4 yadroli, chastota tezligi 2,15 GGs bo‘lgan Snapdragon 821 CAT9-12;

Operativ xotira: 4 GB;

Doimiy ichki xotira: 32-128 GB;

Ekran: 5/5,5 dyuym, yuqori sig‘imli AMOLED-displey, FullHD/QHD, Gorilla Glass 4 himoya shisha qatlamiga ega;

Bosh kamera: 12,3 Mp, 1,55 mkm (yuqori pikselli), aperturasi — f/2.0, s suratni barqarorlashtirish tizimi tatbiq etilgan;

Old kamera: 8 Mp;

Akkumulyator: 2770/3450 mA soat, tezkor quvvat olish tizimi mavjud;

Barmoq izlari skaneri: mavjud;

Kommunikatsiya: Wi-Fi, Bluetooth 4.2, NFC, GPS, 3G, 4G, 3,5 mm audio konnektor;

SIM-kart bo‘lmachasi: bitta, nanoSIM;

Operatsion tizimi: Android Nougat (v7.1).

Pixel mobil aloqa apparatlari ovozli Google Assistant yordamchisiga ega dunyodagi ilk smartfonlar bo‘lishdi. Bu funksiya, misol uchun, kompaniya xizmatlaridan ovozli buyruqlar orqali foydalanish, Google tizimidagi barcha ma’lumotlarni ovoz orqali izlash imkonini beradi. Uni “Home” tugmasini bosib turish orqali ishga tushirish mumkin.

3

Dizayn

Metall korpusning orqa panelidagi barmoq izlari skaneri ishlashi bo‘yicha aniq va tezkor.  Korpusning quyi qismida USB Type-C universal port, dinamik hamda mikrofon, naushniklar uchun 3,5 mm audio konnektor mavjud.

Smartfonlarning korpusi alyuminiy metallidan tayyorlangan bo‘lib, orqa qismida shisha xomashyosi tatbiq etilgan. Ular bozorga 3 talqinda — «tim qora», «moviy» va «yorqin kumush» ranglarda chiqariladi.

Kamera

DxOMark tadqiqot kompaniyasi Pixel smartfonlarining kameralariga yuqori baho berib, bugungacha taqdim etilgan mobil smartfonlar kameralari orasida eng  yuqori — 89 ballga munosib ko‘rgan (iPhone 7’ga esa 86 ball qo‘yilgan).

Bu yilgi barcha smartfon ishlab chiqaruvchilari kabi, Google ham Pixel va Pixel XL gadjetlarini eng yangi va yaxshi  12,3 megapikselli Sony IMX378 sensori bilan jihozlagan. Uning piksel o‘lchami 1,55 mkm bo‘lib, yaqindagina ilk marotaba Xiaomi Mi5S smartfonida taqdim etilgan edi. Shuningdek, Google’ning kuchli quroli – HDR+ rejimini ham unutmaslik lozim.

Kameraning HDR+ diapazonining dinamigi muntazam kengayib boradi. Bu esa unga kunduzi aniq-ravshan va tunda yorqin suratlar olish imkonini beradi.

Kompaniya video tasvirga olishda tasvirni samarali barqarorlashtirish tizimini ishlab chiqqan.

Pixel egalariga sig‘imi kamaytirilmlagan foto va video suratlar uchun Google Photos “bulutli” ma’lumotlar omborxonasidan cheklanmagan miqdorda joy beriladi.

Smartfonlarda Pixel launcher funksiyasi va Google Duo videomuloqot almashish ilovasi mavjud. Pixel launcher funksiyasini ishga tushirish orqali foydalanuvchiga tizimdan tezkor foydalanish imkonini beruvchi kontekst menyusi taqdim etiladi.

Kompaniyaning aytishicha, Pixel va Pixel XL foydalanuvchilari maxsus Live Cases pullik tarmog‘idan ham foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Endi Google smartfon ishlab chiqarishni qaysidir 2-tomonga topshirmaydi, bu ish bilan o‘zi shug‘ullanadi. Google kompaniyasi Apple’dan so‘ng ham apparat va dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi jahonning navbatdagi gigant mobil ishlab chiqaruvchisiga aylanmoqda. Ya’ni, “Olma” iPhone va iOS tizimlarini o‘zi yaratgani kabi, Google endi Android operatsion tizimi va Pixel smartfonlarini o‘zi ishlab chiqaradi. Bu esa mobil bozorga jiddiy raqib tashrif buyurayotganidan dalil. Ayniqsa, Android tizimi uchun smartfon ishlab chiqaruvchi Samsung Electronics Co Ltd. kompaniyasi mobil telefon bozorida jiddiy raqibga duch kelishi mumkin.

4

Narx-navo

Shuningdek, 13 oktyabrdan buyurtma berish mumkin bo‘lgan Pixel’ning 32 GB talqini $649, 128 GB talqini $749, Pixel XL’ning 32 GB talqini  $769, 128 GB talqini $869 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilishi ma’lum qilingan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!