Google Pixel va Pixel XL smartfonlarining tasvirlari paydo bo‘ldi

Google Pixel va Pixel XL smartfonlarining tasvirlari paydo bo‘ldi

HTC kompaniyasi tez orada taqdimoti kutilayotgan ikkita kuchli texnik parametrlarga ega Google Pixel va Pixel XL smartfonlarini yaratish ustida ish olib bormoqda. Birinchi smartfonga 4,99 dyuymli ekran o‘rnatilsa, ikkinchisi yirikroq – 5,46 dyuymli displeyga ega bo‘ladi.

Bundan bir necha kun oldin WinFuture.de resursi mazkur yangi apparatlarning old panellari aks etgan tasvirlarni e’lon qildi. Suratlarda Google Pixel va Pixel XL telefonlariga qarashli qora panellarni hamda Pixel XL’ning oq rangdagi old panelini ko‘rish mumkin. Mazkur smartfonlar Google tomonidan har yili turli brendlar bilan birga ishlab chiqariladigan Nexus seriyasining o‘rnini egallashi aytilgan.

google_pixel_fronts_1_resize google_pixel_fronts_5_resize

Avvalroq internet tarmog‘ida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, har ikkala smartfon 4 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Telefonlarga Qualcomm Snapdragon 820 protsessori, 12 MP asosiy va 8 MP old kameralar o‘rnatiladi. Bunday tashqari, ular barmoq izi skaneri bilan ta’minlanishi kutilmoqda. Tabiiyki, har ikkala smartfon eng so‘nggi Android 7.1 Nougat dastur versiyasida ishlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!