Google Play’da ilovalar hajmini bilish osonlashdi

Google Play’da ilovalar hajmini bilish osonlashdi

Google kompaniyasining mutaxassislari Google Play’dan foydalanish yanada qulay bo‘lishi uchun yangi imkoniyatlarni taqdim qilishda davom etishmoqda. Resursdagi so‘nggi o‘zgarishlar sharhlar, ilovalar ro‘yxati, baho bo‘limlariga tegishli bo‘lgan, shu bilan birga, Google+ akkauntidan foydalanish, kam ishlatiladigan ilovalar va dasturlash kompaniyalarini o‘chirishda qo‘shimcha imkoniyatlar ishlab chiqilgan.

Endilikda Google Play’dagi ilovalar hajmini bilish yanada osonlashadi. Agar oldinroq do‘kondagi ilova hajmini bilish uchun ilova sahifasiga kirish va ma’lumotlarning davomini o‘qish talab etilgan bo‘lsa, endi ilova nomining ostida uning o‘lchamini ko‘rish mumkin bo‘ldi.

5P3RlPNsOWkwyVgUlm8dz1P4ED41mty6fTJUkn1CYHomZsOez0LkwuGfXWbuAGBq6Jwn

Ayni paytda barcha ilovalarda ham ushbu funksiya mavjud emas, ammo tez orada tatbiq etilishi aytilmoqda.

Albatta, bunday funksiya foydalanuvchilarga yengillik tug‘dirish tabiiy. Ayniqsa, mobil internet qimmat bo‘lgan davlatlarda ushbu yangilik foydalanuvchiga ilovani yuklab olish borasida tezlik bilan qaror qabul qilishga yordam beradi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!