Google Play’da yirik tozalash: qo‘ng‘iroq va xabarlaringizni «ko‘ruvchi» ilovalar o‘chiriladi!

  •   DiMaX
  •  1171
  •  16.01.2019 16:13

Google Play’da yirik tozalash: qo‘ng‘iroq va xabarlaringizni «ko‘ruvchi» ilovalar o‘chiriladi!

Qidiruv gigantiga egalik qiluvchi kompaniya o‘zining Android operatsion tizimi xavfsizligini oshirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Bundan tashqari, turli servislari qatori Google Play Store ilovalar katalogida ham tozalash ishlari boshlandi.

O‘QING: Yana hujum: Google Play’da o‘nlab qalbaki bank ilovalari fosh bo‘ldi

Joriy haftada Google smartfonlardagi qo‘ng‘iroqlar hamda SMS-xabarlar tarixini «ko‘ra oluvchi» dasturlarni Google Play’dan o‘chirib tashlashini e’lon qildi. Kompaniya buni shunday izohlagan: faqat smartfonga zavoddayoq o‘rnatilgan ilovalargina foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga kira oladigan bo‘lishi lozim.

Google’ning aniqlik kiritishicha, qo‘ng‘iroqlar va SMS-xabarlar tarixini ko‘ra oluvchi ilovalarning ham barchasi o‘chirilmaydi. Faqatgina mana shu ma’lumotlarni olib, ulardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanayotgan ishlab chiquvchilarning dasturlari olib tashlanadi.

Bundan uch oy avval Google vakillari Google Play’ga o‘z ilovalarini joylagan dasturchilarga maktub yo‘llab, dasturlarini to‘g‘rilashlari uchun 90 kun muhlat bergan. Mana, belgilangan muddat keldi va endi ilovalar do‘konida tozalash boshlanadi.

O‘QING: Facebook tan oldi: u Android-smartfonlardagi qo‘ng‘iroq va SMS-xabarlarni kuzatmoqda!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!