Google Play’dan ham, foydalanuvchilar qurilmalaridan ham Talagram va Hotgram butkul o‘chirib tashlandi

  •   DiMaX
  •  1386
  •  26.04.2019 14:38

Google Play’dan ham, foydalanuvchilar qurilmalaridan ham Talagram va Hotgram butkul o‘chirib tashlandi

Telegram messenjeri asosida yaratilgan norasmiy kliyentlar ko‘p va xilma-xil. Shulardan ikkitasi – Talagram hamda Hotgram ilovalari Google Play’dan olib tashlandi.

O‘QING: IShIDchilar Telegram’dan foydalangani uchun Eron hukumati Durovga qarshi jinoiy ish ochdi

Xuddi Rossiyadagi singari Eronda ham Telegram taqiqlangan bo‘lib, uning o‘zi ham, shu asosidagi boshqa messenjerlar ham VPN va proksi orqali ishlaydi. Qizig‘i shundaki, faqat mana shu ikki kliyent – Talagram hamda Hotgram bu mamlakatda bemalol ishlayverar edi. Aftidan, ularning o‘zida ma’lumotlar yig‘ish uchun VPN-server o‘rnatilgan bo‘lsa kerak.

Google ularni nafaqat ilovalar do‘konidan olib tashladi, balki foydalanuvchilarning qurilmalaridan ham o‘chirib yubordi. Avvalroq Telegram ma’muriyati ushbu ikki norasmiy messenjerdan foydalanmaslikni tavsiya etgan edi. Chunki ular foydalanuvchining barcha yozishmalarini o‘qiy olar, proksilar ro‘yxatini ko‘ra olar va hatto messenjerda avtorizatsiyadan o‘tish kodlarini ham ilib ola bilar ekan. Ya’ni, Telegram messenjerining asosiy ustunligi bo‘lgan foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarining daxlsizligi tamoyili Talagram va Hotgram kliyentlarida yo‘q ekan.

Aytish kerakki, bu dasturlar Google Play’dan olib tashlangan bo‘lsa-da, Eronning rasmiy ilovalar do‘koni – Cafebazar’da mavjud. Bu ham Talagram va Hotgram’ning shu mamlakat hukumati bilan aloqadorligiga ishora qiladi.

O‘QING: Terroristlar qaysi messenjerlardan ko‘p foydalanishi aytildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!