Google Play ilovalar xavfsizlik bo'limini ko'rsatadi

Google Play ilovalar xavfsizlik bo'limini ko'rsatadi

Google o'tgan yilning may oyi boshida o'zining Play Store do'konidagi ilovalar ma'lumotlari orasiga xavfsizlik bo'limini qo'shishini e'lon qilgan edi. Oradan bir yil o'tib, kompaniyaning bu yangi funksiyasi tayyor bo'ldi va u bugundan boshlab dunyo bo'ylab barchaga tarqatiladi.

Xavfsizlik bo'limi foydalanuvchilarni yuklab olayotgan ilovalari ularning qanday ma'lumotlarini, nima uchun yig'ayotganini, boshqalar bilan ulashishi yoki ulashmasligini, shuningdek, ma'lumotlar saqlanish xavfsizligi ya'ni ularning shifrlanishi, shu bilan birga foydalanuvchi o'z ma'lumotlarini o'chirish so'rashi mumkinligi haqida va maxfiylik, xavfsizllikka ta'sir qiluvchi boshqa har qanday qo'shimcha tafsilotlar bilan ta'minlaydi.

Kompaniya dasturchilar o'z ilovalari xavfsizlik bo'limini to'ldirishlari uchun shu yilning 20-iyunigacha vaqt bergan. Shunday ekan, xavfsizlik bo'limi barcha ilovalarda darrov ko'rinmasligi mumkin. Agar ishlab chiqaruvchilar ilovaning ma'lumotlarni yig'ishi haqida noto'g'ri axborot bersalar yoki bu bo'limni to'ldirmasalar ilovaning yangilanishlari bloklanishi va hatto Play Store'dan olib tashlanishini mumkin. "Hatto foydalanuvchi ma'lumotlarini yig'maydigan ilovalarga ega ishlab chiquvchilar ham ushbu shaklni to'ldirishlari va maxfiylik siyosatiga havolani taqdim etishlari kerak", deyiladi Google'ning qo'llab-quvvatlash sahifasida.

Google'ning bu harakati Play Store foydalanuvchilari xavfsizligi va maxfiyligini yaxshilashga qaratilgan ishlarining bir qismi bo'lib, kompaniya shu oy boshida eskirgan ilovalar mavjudligini cheklash rejalarini ham eʼlon qilgan edi.

Ma'lumot uchun: Apple o'zining App Store ilovalar do'koni uchun yuqoridagi kabi xususiyatni 2020-yil dekabrida chiqargan edi.

O'QING: Yilning birinchi choragi top ilova va o'yinlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!