Google Play syujetli boshqotirmani vaqtincha bepul tarqatyapti!

  •   DiMaX
  •  528
  •  26.07.2021 09:55

Google Play syujetli boshqotirmani vaqtincha bepul tarqatyapti!

Android-smartfonlar egalari uchun Google Play katalogi pulli o‘yinlardan birini vaqtincha bepul ulashmoqda. Mystic Pillars deb nomlangan mazkur o‘yin boshqotirma janriga mansub bo‘lsa-da, o‘ziga yarasha syujetga ham ega.

O‘QING: Al-Azhar universiteti Ka’ba buzilishini o‘z ichiga olgan o‘yinlardan ogohlantiradi (+video)

Mobil geymerlar Mystic Pillars o‘yinida Qadimiy Hindiston o‘lkasiga tashrif buyurishadi. Ular sirli sayyoh rolini o‘tab, qirollikdagi qurg‘oqchilik muammosini hal etishlari lozim bo‘ladi. Buning uchun esa boshqotirmalarni yechish va sehrli ustunlar barpo etib borishlariga to‘g‘ri keladi.

Dasturchilarning ta’kidlashlariga ko‘ra, bu o‘yinda geymerlarni yuzta betakror va mantiqiy boshqotirma, shuningdek qiziqarli syujet kutmoqda. Boshqotirmalar oddiysidan boshlanib, o‘yin jarayonida murakkablariga o‘tib boradi.

Mystic Pillars o‘yinini smartfoningizga ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin. Uning bepullik davri shu haftaning oxirigacha davom etadi, keyin yana bu o‘yin pulli bo‘lib qoladi. Shungacha yuklab olganlar esa keyin ham bepul o‘ynayverishadi – shunday ekan, yuklab olishga shoshiling.

O‘QING: Uch yillik hamyonbop smartfonga Windows 11 o‘rnatib, unda afsonaviy shuterni o‘ynab ko‘rsatishdi! (video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!