Google Play tarixida 5 milliarddan oshiq yuklab olingan uchinchi «chetki» ilova

  •   DiMaX
  •  1131
  •  10.05.2021 10:17

Google Play tarixida 5 milliarddan oshiq yuklab olingan uchinchi «chetki» ilova

Android-qurilmalar uchun ilovalarning rasmiy do‘koni – Google Play katalogidan ko‘p yuklab olinishi bo‘yicha qidiruv gigantining o‘ziga qarashli mahsulotlar yetakchilik qiladi. Mazkur do‘kondan besh milliard martadan oshiq ko‘chirib olingan, Google’ga qarashli bo‘lmagan dasturlar soni endigina uchtaga yetdi.

O‘QING: Android-smartfonlarga endi Google Play’dagi ilovalarni internetsiz ham rasman o‘rnata olasiz!

Besh milliardlik dovondan oshgan uchinchi ilova Facebook Messenger bo‘ldi. Bunday marraga undan oldin erishgan ikkitasi ham Facebook ekotizimiga kiradi – ijtimoiy tarmoqning o‘z kliyenti va Mark Sukerbergning mazkur kompaniyasi sotib olgan WhatsApp messenjeri.

Google’ning o‘z mahsulotlarini ham qo‘shib hisoblaganda, shu kungacha o‘n to‘rtta ilova uning rasmiy do‘konidan besh milliard martadan oshiq o‘rnatib olingan.

Facebook servislari haqida turli qarama-qarshi fikrlar ko‘p bo‘lsa-da, yuqoridagi faktlar shuni ko‘rsatadiki, kishilar muloqot borasida baribir unga ko‘proq suyanishar ekan. Hozirda bu kompaniya o‘zining «chatlar imperiyasi»ni kengaytirish ustida ishlamoqda – oxir-oqibat Facebook Messenger, WhatsApp hamda Instagram foydalanuvchilari o‘zaro xabar almasha oladigan bo‘lishadi.

Shunisi ham borki, yaqindagina Mark Sukerbergning o‘zi bulardan emas, balki raqobatchi messenjerdan foydalanishi fosh bo‘lgan edi.

O‘QING: Facebook va Instagram siz haqingizda nimalarni biladi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!