«Google qabristoni»da yangi «qabr»: bu gal YouTube servisi...

  •   DiMaX
  •  1689
  •  16.09.2019 12:43

«Google qabristoni»da yangi «qabr»: bu gal YouTube servisi...

Qidiruv gigantining muvaffaqiyatli chiqmagan va «o‘limga mahkum bo‘lgan» loyihalari «Google qabristoni»dan joy olib kelayotganligi haqida bir nechta xabarlar berganmiz. Ular safiga yana bittasi qo‘shilyapti – yangi «qabr»ga YouTube’ning bitta servisi «dafn etilyapti».

O‘QING: «Google qabristoni»ga bir nazar: unda nimalar «dafn etilgan»?

2010 yili YouTube videoxostingida Leanback televizion interfeysi paydo bo‘lgan edi. Unda maxsus talablar asosida videolavha izlab o‘tirmaydiganlar uchun roliklarni avtomatik tarzda tanlab berish xizmati ham mavjud. Keyinchalik mazkur interfeys takomillashtirilib, Smart TV platformasi uchun maxsus veb-ilovaga aylantirilgan.

YouTube saytining TV-interfeysiga istalgan brauzer yordamida, youtube.com/tv yoki youtube.com/leanback manzili orqali kirish mumkin. Agar unga hozir kirib ko‘rsangiz, mazkur servisning yaqin orada tugatilishi haqidagi bildirishnomani ko‘rasiz:

Xabarlarga qaraganda, Google yaqinda televizorlar ishlab chiqaruvchilari bilan shartnomani bekor qilgan va shu bois Smart TV platformasiga mo‘ljallangan YouTube ilovasini o‘chirib tashlagan.

Taxminlarga ko‘ra, Leanback servisini yopish bilan Google televizion pristavkalar ishlab chiqaruvchilarni mazkur interfeysni ilovalarda tijoriy asosda qo‘llashga majbur qilmoqchi. Yoki u o‘zining Android TV platformasidagi pristavkalar savdosini oshirishga harakat qilayotir.

Agarda qiziqsangiz, qidiruv gigantining «qabriston»iga nazar solish uchun mana bu havola orqali Killed By Google saytiga o‘tishingiz mumkin. Turli Smart TV hamda oddiy televizorlarni esa 1 045 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar asosida Terashop.uz onlayn do‘konimizdan sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Televizorni tekshirib xarid qiling

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!