Google qidiruv natijalaridan reklamani olib tashlaydi

Google qidiruv natijalaridan reklamani olib tashlaydi

Google veb-versiyasi qidiruv natijalarini aks ettiruvchi sahifaning o‘ng tarafidagi reklamani olib tashlamoqchi. Bu yaqin kunlarda amalga oshiriladi, deb yozadi Search Engine Land.

Sahifaning usti va ostida reklama qoladi. Ular doimgidek havolalar tarzida joylashadi. Shu bilan birga soni uchtadan to‘rttaga oshishi mumkin, deydi Google.

Product Listing Ad (mahsulot e’lonlari) o‘zgarishga uchramaydi.

Bunday formatni sinash 2010 yildan boshlangan. Ayrim foydalanuvchilar qidiruv natijalari sahifasining o‘ng tarafida reklamalar yo‘qolib qolgani va tijoriy havolalar soni ortganini payqagan.

2015 yilning dekabrida kompaniya qidiruv natijalarini aks ettirishda HTTPS shifrlangan protokolidan foydalanuvchi saytlarga urg‘u berishini e’lon qilgan. Bundan maqsad foydalanuvchini kiberxavfdan himoyalashdir.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.