Google qidiruviga yashirilgan o‘yinlarni qanday topamiz?

  •   DiMaX
  •  3038
  •  18.02.2020 12:59

Google qidiruviga yashirilgan o‘yinlarni qanday topamiz?

Jahondagi eng ommabop izlash tizimi bo‘lgan Google qidiruviga bir nechta klassik o‘yinlar ham yashirib qo‘yilgan. Ulardan birortasini topib o‘ynash uchun, qidiruv maydonchasiga muayyan so‘zlarni yozib axtarib ko‘rish kifoya.

O‘QING: Google yo‘q bo‘lsa, nima bo‘ladi?

Buning uchun o‘yin nomini dunyodagi ommabop bo‘lgan biror tilda, masalan – inglizcha yoki ruschada yozib izlab ko‘rish mumkin. Ayni damda Google qidiruviga kamida beshta o‘yin yashirib qo‘yilgan va ularni quyidagi manzillar orqali topib o‘ynash imkoni bor:

  1. Iloncha: https://www.google.ru/search?q=Zmeyka

Afsonaviy «Iloncha» («Zmeyka» – Snake Xenzia) o‘yini Nokia telefonlari orqali mashhur bo‘lgan.

  1. Krestiki-noliki: https://www.google.ru/search?q=Krestiki-noliki

Bu o‘yinni Google tizimidagi sun’iy intellektga qarshi ham, boshqa biror kompyuterdagi o‘rtog‘ingiz bilan ham o‘ynashingiz mumkin. O‘ziga tegishli bo‘lgan shakl – krest yoki nol belgisini bitta qatorga birinchi bo‘lib tera olgan tomon yutadi.

  1. Sapyor: https://www.google.ru/search?q=Saper

Bu o‘yin Windows operatsion tizimining avvalgi versiyalarida juda mashhur bo‘lgan. Unda o‘yin maydonini «minalardan tozalash» kerak bo‘ladi; har bir ochilgan katakchada esa uning atrofidagi katakchalarda jami nechta mina qo‘yilgani aks etib turadi.

  1. Pasyans: https://www.google.ru/search?q=Pasyans

«Solityor» ham Windows 95 va boshqa versiyalar foydalanuvchilariga yaxshi tanish pasyans varianti.

  1. Pakman: https://www.google.ru/search?q=Pakman

Pac-Man butun dunyoda ommalashgan o‘yinlardan bo‘lib, unda labirint bo‘ylab turli maxluqlardan qochib yurish kerak bo‘ladi. Bu o‘yinning Google taqdim etgan versiyasi originalining 30 yillik yubileyiga atab chiqarilgan va birmuncha murakkabroq.

Google ba’zi-ba’zida o‘z qidiruviga yangi o‘yinlar qo‘shib turadi. Odada bu biror sananing yoki voqeaning nishonlanishi doirasida amalga oshiriladi.

O‘QING: Eng murakkab o‘yin: «Iloncha» va «Tetris» chatishmasida kuchingizni sinab ko‘ring!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!