Google rahbari hayotiy muvaffaqiyatga eltuvchi ikkita tamoyilni aytdi

  •   DiMaX
  •  1943
  •  19.10.2020 10:54

Google rahbari hayotiy muvaffaqiyatga eltuvchi ikkita tamoyilni aytdi

Hindistondagi kambag‘al bir oilada tug‘ilgan Sundar Pichai hozir dunyodagi eng yirik va ilg‘or texnologik kompaniyalardan bo‘lgan Google ijrochi direktori lavozimida ishlamoqda. Biz uning bu muvaffaqiyatga erishish yo‘li haqida alohida maqola e’lon qilganmiz.

O‘QING: IT gigantlarni boshqarayotgan 10 ta hind

Inc.com nashri yozishicha, Pichai o‘zining hayot yo‘liga nazar solib, kishining hayotda yuksak yutuqlarga erishishida kerak bo‘lgan ikkita asosiy tamoyilni aytgan. Unga ko‘ra, bular – «qattiq qiziqish v ob’yektivlik» ekan.

Sundar Pichaining o‘zi aytishicha, to o‘n yoshga to‘lgunicha ularning uyida telefon ham bo‘lmagan. U o‘z yurtida bakalavr diplomiga ega bo‘lgach, AQShga yo‘l olgan – Stenford universitetida va Uorton biznes maktabida davom ettirgan. Bu esa unga o‘zi qiziqqan ish – kompyuterdan bemalol foydalanish imkonini bergan.

Google ijrochi direktorining ta’kidlashicha, kishi birinchi navbatda o‘zi nimaga kuchli qiziqishiga aniqlik kiritib olishi lozim. Shaxsan o‘zi uchun texnologiyalar eng qiziqarli soha ekanligiga amin bo‘lgach, u shu yo‘nalishga ob’yektiv tarzda intilgan. Ya’ni, texnologiyalar bo‘yicha qayerda yuqori muvaffaqiyatlarga erishish mumkinligini aniqlab, vaziyatga real ko‘z bilan qarab, maqsad sari intilgan. Natijani esa hozir butun dunyo biladi – qashshoq xonadondan chiqqan hind hozir qidiruv giganti direktori sifatida faoliyat yuritmoqda.

O‘QING: Google rahbarining hatto 11 yashar o‘g‘li ham kriptovalyuta topyapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.