Google rahbari Sundar Pichai o‘tgan yili qancha maosh olgani ma’lum bo‘ldi

Google rahbari Sundar Pichai o‘tgan yili qancha maosh olgani ma’lum bo‘ldi

2019-yil dekabr oyida Sundar Pichai Google Bosh ijrochi direktori lavozimidan Alphabet Bosh ijrochi direktorligiga o‘tgandi. Alphabet — Google va unga aloqador barcha bizneslarni jamlagan ona kompaniya.

O‘QING: Milliarder haqida milliardlarga teng faktlar

Gadgets Now nashrining yozishicha, lavozimi va shu bilan birga mas’uliyatlarining oshishi Pichaiga to‘lanadigan maoshning ko‘tarilishiga ham sabab bo‘lgan. Google tomonidan AQShning Qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasiga har yili topshirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Pichaining «bazaviy» maoshi 2020 yilda 2 million dollarni tashkil etgan. Hujjatda aytilishicha, Alphabet «2020-yil uchun Yetakchilikni rivojlantirish va kompensatsiya qo‘mitasi Sundarning Alphabet va Google Bosh ijrochi direktori sifatidagi kengaygan rolini hisobga olgan holda uning asosiy maoshini 2,0 million dollarga oshir»gan.

Bunga qo‘shimcha ravishda, «Boshqa barcha kompensatsiyalar» bo‘limi ostida Pichaiga 5 million dollarga yaqin haq to‘langani aytilgan, bu uning umumiy daromadi miqdorini 7,4 million dollarga yaqinlashtirgan.

Alphabet'ning Bosh ijrochi direktori lavozimiga ko‘tarilishidan oldin, Pichaining asosiy maoshi 2019-yilda taxminan 650 ming dollarni tashkil etgan. 2019-yilda boshqa barcha to‘lovlar miqdori esa 3,3 million dollarga yaqin edi.

Pichai, Alphabet va Google Bosh ijrochi direktori sifatida, shuningdek, 2019-yilda 240 million dollarlik aksiyalar paketiga ega bo‘lgan. Ushbu aksiyalar 2023-yildan amal qiladi. Qimmatli qog‘ozlar qiymati esa Google va Alphabet kompaniyalari keyingi ikki yilda qanday ishlashiga bog‘liq bo‘ladi.

O‘QING: Google rahbari hayotiy muvaffaqiyatga eltuvchi ikkita tamoyilni aytdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.