Google Rossiyada o'z xizmatlaridan foydalanishni sekinlashtirib qo'ydi

Google Rossiyada o'z xizmatlaridan foydalanishni sekinlashtirib qo'ydi

Google kompaniyasi o'z xizmatlaridan tezkor, hatto uzilishlarda ham foydalanish imkonini beradigan global kesh yig'uvchi serverlaridan Rossiyaning ikki provayderlarini uzib qo'ydi. Bunday keshlash serverlari, ayniqsa, YouTube kontenti uchun muhimroq bo'lib, internet provayderlari kesh to'plash bilan foydalanuvchilarga platformaga tezkor kirish tajribasini berishadi.

Xabarlarga ko'ra, Google'ning to'satdagi qarori Радиосвяз va МФТИ-Телеком'ga ta'sir o'tkazgan. Garchi texno-gigant keshlash serverlarini 19-may kuni o'chirgan bo'lsa-da, bu haqidagi xabarnoma internet provayderlariga bir necha kundan keyin yetkazilgan. Rossiyadagi eng katta mobil internet provayderi, МTC va МегаФон esa hozircha hech qanday o'zgarishlar sezmagan.

МФТИ-Телеком o'zlariga yuborilgan xabarnomani РБК nashri bilan ulashgan va ma'lum bo'lishicha, Google'ning bunday ushbu yo'ldan yurishiga huquqiy amaliyotdagi oʻzgarishlar, shuningdek, Rossiyaga muhim odamlarni kirishining taqiqlanishi sabab bo'lgan.

Ekspertlarning fikricha, Rossiyaning global keshlashdan uzilishi internet narxlarining oshishiga olib kelishi mumkin.

O'QING: Google endi yo'talingizni ham, xurrak otishingizni ham bilib turadi!