Google.ru sirlari

Google.ru sirlari

Google qidiruv tizimidan hozirgi kunda deyarli hamma foydalanadi. Ammo biz Google'da ma’lumot izlashni qay darajada bilamiz? Google'ning barcha imkoniyatlaridan foydalana olamizmi? Bunday deyishimizga sabab oralaringizda hali Google’ning qo‘shimcha xizmatlaridan foydalanishni bilmaydiganlar ham bor. Demak, Google’ning qo‘shimcha xizmatlari bilan birma - bir tanishib chiqsak.

filetype:

Bu teg orqali siz fayllarni turiga qarab izlashingiz mumkin. Masalan, siz internetda musiqa qidiryapsiz. Unda qidiruv maydoniga «musiqa nomi filetype:mp3»ni terasiz.

url:

Bu teg orqali siz ma’lumotni butun internet tarmog‘i bo‘yicha emas, aynan belgilangan katalog yoki saytlar ichidan qidirishingiz mumkin. Masalan, siz mail.ru ro‘yhatidan o‘tgan o‘rtog‘ingizni topa olmadingiz. Uni tez topib olish uchun qidiruv maydoniga «familya ism inurl:mail.ru»ni terasiz.

intitle:

Bu teg orqali siz saytlarni mavzusi bo‘yicha qidirasiz. Masalan, siz o‘yinlar mavzusidagi sahifani topmoqchisiz. Buning uchun «intitle:o‘yinlar» – deb yozsangiz kifoya!

site:

Bu teg orqali saytlar nomiga qarab izlash mumkin. Masalan, siz o‘zingizga kerakli bir narsani faqat .uz domenidagi saytlardan qidirmoqchisiz unda «site:uz»ni yozasiz.

O‘QING: Google tayyorlagan «kambag‘albop» Pixel 3 Lite taqdimotdan avval fosh etildi