Google Samsung bilan hamkorlik qiladi

Google Samsung bilan hamkorlik qiladi

Muqobillarni o‘rganib chiqqan Google maxsus chip tayyorlash uchun Samsung'ni tanlaganligi haqida xabar berilmoqda.

Oxirgi paytlarda Exynos chiplarining obro‘yi oshgan bo‘lib, Google uchun yaratilgan maxsus chiplarda standard ARM asosiy va grafik protsessori, shuningdek, maxsus Google yechimlaridan foydalaniladi.

Ushbu Exynos chipi ikkita Cortex-A78, ikkita A76 va to‘rtta A55 yadrosidan tarkib topadi. Grafik protsessori esa ARM'ning maxsus arxitekturaviy yechimiga ega Mali MP20 bo‘ladi. GPU'ga «Borr» degan kod-nom berilgan. Cortex-A78 va Borr yadrolari hozircha rasman e’lon qilinmagan.

Biroq Cortex-A77 A76'ga qaraganda 20% tezroq ekanligini inobatga olib aytish mumkinki, A78 yanada tezkor bo‘ladi. Aftidan, ushbu apparat ta’minoti o‘ta kuchli bo‘ladi; bu chipning smartfon uchun haddan tashqari kuchli bo‘lishi ehtimoli ham yo‘q emas.

Yana aytilishicha, chip Samsung'ning 5 nanometrli EUV nodi asosiga quriladi.

O‘QING: 1-chorak yakunlari: Samsung ushbu bozorda yetakchi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!