Google saxovatini tugatyapti — xizmatlardan biri endi pullik bo‘ladi

Google saxovatini tugatyapti — xizmatlardan biri endi pullik bo‘ladi

Google nihoyat saxovatni to‘xtatdi — Google Meet orqali cheksiz guruh qo‘ng‘iroqlari endi faqat pullik a’zolarga taqdim etiladi.

O‘QING: Google va nihoyat Android'ga iPhone'ning eng zo‘r xususiyatini taqdim etadi

Eslatib o‘tamiz, Google Meet videokonferentaloqa xizmatidan bepul foydalanish azaldan cheklovlarsiz taklif qilingan edi. Dastlab Google 2020 yil 30 sentyabrdan boshlab Google Meet'ning bepul versiyasi uchun 60 daqiqalik videokonferensiya cheklovini amalga oshirishni rejalashtirgandi. Biroq, kuzda kompaniya bepul cheksiz kirish huquqini 2021 yil 31 martgacha uzaytirilishini e’lon qilgan. Bahorda Google yana cheklovlarni amalga oshirishni kechiktirdi — bu gal 2021 yil 30 iyungacha. Ammo cheklovlar 30 iyuldan kuchga kiradigan bo‘ldi. Gmail akkauntlari foydalanuvchilari uchun bepul «cheksiz» saqlanib qoldi.

Hamma narsaning yakuni bor deganlaridek, barchasi bir kuni tugaydi va endi «uch yoki undan ortiq ishtirokchilar bilan qo‘ng‘iroqlar» 60 daqiqa bilan cheklangan. 
Bunday videokonferensiya davom etayotganida, 55 daqiqadan so‘ng uning ishtirokchilari yaqinlashib kelayotgan uzilish to‘g‘risida ogohlantiriladi. Shundan so‘ng siz qo‘ng‘iroqni qayta boshlashingiz yoki pullik rejaga o‘tishingiz mumkin (bu faqat video uchrashuvni yaratuvchisi tomonidan talab qilinadi).

Shu bilan birga, bepul va korporativ hisob raqamlarida birma-bir qo‘ng‘iroqlar 24 soatgacha davom etishi mumkin.

O‘QING: Google dasturchini seriyali qotilga «aylantirdi»!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!