Google saytlarni tezda ko‘rib chiqishni osonlashtirdi

  •   DiMaX
  •  435
  •  03.02.2021 17:23

Google saytlarni tezda ko‘rib chiqishni osonlashtirdi

Qidiruv giganti foydalanuvchilarga sahifaga o‘tishdan oldin sayt haqida ko‘proq ma’lumot olishga yordam beradigan yangi xususiyatni haqida e’lon qildi. Bu haqda UZZOOM nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Dunyoning eng qimmat brendlari: Global 500 reytingida lider almashdi!

Endi har bir qidiruv natijasi yonida uchta nuqta paydo bo‘ladi, uni bosish orqali foydalanuvchi o‘zi taklif qilingan sayt haqidagi asosiy ma’lumotlarni ko‘radi.

Google vakillarining ta’kidlashicha, yangi xususiyat kamida ikkita holatda foydali bo‘ladi. Uning yordami bilan foydalanuvchilar saytning ishonchliligini tekshirish uchun qayta qidiruvni amalga oshirmaydilar, shuningdek ishonchli manbalarni aniqlay oladilar.

Yangi xususiyat mobil qurilmalarda ham, kompyuterlarda ham mavjud bo‘ladi.

O‘QING: Arzon smartfonlar egalariga Google’dan xushxabar bor (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!