Google sayyoramiz 37 yil ichida qanday o‘zgarganini ko‘rsatdi (video)

  •   DiMaX
  •  1579
  •  17.04.2021 17:24

Google sayyoramiz 37 yil ichida qanday o‘zgarganini ko‘rsatdi (video)

«Qidiruv giganti» taqdim etgan zo‘r loyihalardan biri – Google Earth servisidir. Kompaniya unga Yer sayyorasi 37 yilda qanday o‘zgarganligini ko‘rish imkonini beruvchi Timelapse funksiyasini qo‘shdi. Shunday qilib, sayyoradagi insonning ta’sirini aniq ko‘rish mumkin, deb yozadi UZZOOM.

O‘QING: Bir xillikdan zerikdingizmi?

«Umid qilamizki, sayyoramizning bunday ko‘rinishi muhim munozaralarni boshlaydi, yangi kashfiyotlarga hissa qo‘shadi va ba’zi global muammolar haqida odamlarning fikrlarini o‘zgartiradi», deb yozadi Google.

Xizmatda 1984 yildan 2020 yilgacha to‘plangan 24 milliondan ortiq rasm mavjud. Sun’iy yo‘ldoshlardan yig‘ilgan fotosuratlar interaktiv 4D formatida to‘plangan. Siz shaharlar qanday barpo bo‘lganini, o‘rmonlar maydoni o‘zgarganini va iqlim o‘zgarishini ko‘rishingiz mumkin.

O‘QING: KUTILMAGAN VIDEO: Antarktidada yana NUJ – boshqa sayyoraliklar fazo kemasi topildi!